KONSTITUSIYAVIY QONUN
KONSTITUSIYAVIY QONUN – bir qancha mamlakatlarda Konstitusi- yaviy huquqning asosiy manbalaridan biri. Ba’zi mamlakatlar (aholisi Fran- suz tilida so’zlashuvchi mamlakatlar, shu- ningdek, Ruminiya va b.)da — bu Konsti- tusiyaga o’zgartirish kirituvchi qonun, boshqa mamlakatlar (mas, Rossiya Fe- derasiyasi, O’zbekiston va Qozog’iston) da K.q. Konstitusiyada ko’zda tutilgan masalalar bo’yicha qabul qilinadigan qonundir. K.q.lar sirasiga, avvalo, kon- stitusiya kiradi va o’z yuridik maqomiga ko’ra, ular orasida eng yuqori o’rinni egallaydi. O’zRda «O’zbekiston Re- spublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» qonun (1991 y. 29 dek.da umumxalq referendumi b-n tasdiqlangan), «O’zbekiston Respubli- kasi Oliy Majlisi to’g’risida» qonun (1993 y. 28 dek.), «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashqil etili- shining asosiy printsiplari to’grisida» qonun (2002 y. 4 apr.) K.q. hisoblanadi. K.q.lar 2 guruhga bo’linadi: 1) Konsti- tusiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar ki- ritadigan K.q.lar; 2) Konstitusiyaning muayyan me’yorlari mazmunini kengroq ochib beradigan va aniqlashtiradigan, xususan, muhim davlat muassasalari hamda organlari, mas, muayyan davlat parlamenti, hukumati, inson huquklari bo’yicha parlament vakili (Ombudsman), referendum, sudlar va sud tizimi va b. davlat organlari to’g’risidagi K.q.lar. K.q.larning oliy yuridik maqomga ega bo’lishini belgilovchi omillar: I) ular tartibga solib turadigan munosabatlar yoki davlat organlari faoliyati jamiyat va davlat hayotida muhim o’rin egallashi ke- rak; 2) ularni qabul qilishning alohida, qat’iy belgilab qo’yilgan tartibi ish- lab chiqilgan bo’lishi zarur; mas, oddiy qonunlarni qabul qilish uchun parlament a’zolarining oddiy ko’pchilik ovozi ki- foya qilsa, K.q.larni qabul qilish, ular- ga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish uchun deputatlarning kamida 2/3 qismi yoqlab ovoz berishi talab etiladi. Ba’zi davlatlarda (mas, Rossiyada) K.q.larni qabul etish uchun parlament yuqori pala- tasida deputatlarning kamida 3/4 qismi yoklab ovoz berishi hamda Prezidentning veto huquqi tatbiq qilinmasligi kerak.