KONSTITUSIYAVIY HUQUQ
KONSTITUSIYAVIY HUQUQ – asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig’indisi, huquq tizimining etak- chi sohasi. K.h. normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati in-tlari b-n munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinli- klari amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati or- ganlari tizimini belgilaydi. Bir qancha mamlakatlarda (jumladan, O’zRda ham) ushbu huquq sohasini belgilash uchun dav- lat huquqi tushunchasi qo’llanadi. K.h.ning asosiy tamoyillari: boshqaruvning respublika shakli, in- son va fuqarolar huquq hamda erkinli- klarining ustunligi, hokimiyatlarning bo’linishi. O’zbekiston Respublikasi- ning K.h.i O’zbekiston Respublikasi kon- stitusiyaviy tuzumi asoslarini; inson va fuqarolarning asosiy huquq hamda erkinliklari, ularning kafolatlarini; ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi- ni; saylov tizimini; hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashqil etish hamda faoliyatining asosiy ta- moyillarini; fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish asoslarini mustahkamlaydi. K.h. manbalari: Konstitusiya, Konsti- tusiyaviy qonunlar, xalqaro huquq nor- malari, Oliy vakillik, ijro etuvchi hokimiyat, mahalliy vakillik va kon- stitusiyaviy sud hujjatlari va h.k. O’zbekiston Respublikasi K.h. manba- lari: O’zRning Konstitusiyasi, O’zRning xalqaro shartnomalari, O’zR Konstitu- tsiyaviy qonunlari, O’zR qonunlari, O’zR Konstitusiyaviy sudi qarorlari, O’zR Oliy Majlisi qarorlari, O’zR Prezi- dentining farmonlari, O’zR Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konsti- tusiyasi, mahalliy davlat hokimiyati normativ hujjatlari, O’zR va uning sub’ekti o’rtasidagi kelishuvlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi qarorlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatlari. K.h., ayni vaqtda, Konstitusiya, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati, ja- miyatdagi o’rni haqida ma’lumot beruvchi fan hamdir. Kengroq ma’noda, u kon- stitusiyaviy in-tlar haqidagi tasavvur va bilimlar, konstitusiyaviy normalar va ular orqali tartibga solinadigan munosabatlar hamda qonunchilikni ri- vojlantiruvchi qarashlar tizimidir. Bu fan konstitusiyaviy-huquqiy munosabat- larga baho beradi, konstitusiyaviy in- tlarni o’rganadi, muammolarni aniqlab, ularni hal kilish yo’llarini ko’rsatadi. Abdujabbor To’laganov.