Konimex tumani
Konimex tumani – Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashqil etilgan. K.t., viloyatning shim.- g’arbida joylashgan. Sharkdan Navbahor, shim-sharqdan Nurota, g’arbdan Tomdi, Uchquduq, Jan.dan Qiziltepa tumanlari, g’arbdan Buxoro viloyatining G’ijduvon, Peshku tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 15,5 ming km2. Aholisi 36,9 ming kishi (2002). Tumanda 1 shaharcha (Konimex), 7 qishloq fuqarolari yig’ini (Boymurot, Sarjal, Uchtepa, Chordara, Yangiobod, Yangiqazgan, Karaqota) bor. Markazi Ko- nimex shaharchasi. T a b i a t i. Relefi, asosan, tekis- lik, ko’p qismi qumlik. Shim.-Sharqda Qivilqum cho’li, Jan. va Jan.-g’arbda za- rafshon vodiysi b-n tutashgan. Tuman- ning g’arbida Ovminzatovning Sharqiy tarmoqlari joylashgan. Janubiy qismida Qaraqota botig’i bor. Iqlimi quruq, keskin kontinental. O’rtacha t-ra iyulda 32-33°, yanv.niki— 0-2°. Yili- ga 100-150 mm yog’in to’shadi. Vegetasiya davri qisqa. Tumanda oqar Daryo yo’q. Aso- san, artezian suvlaridan foydalanila- Di. Sho’rko’l suv ombori qurilgan. Undan baliq ovlashda foydalaniladi. Tuprog’i och tusli bo’z, sho’rxok. O’simliklardan efemer, efemeroidlar va butasimon o’simliklar, rang, qo’ng’irbosh, Astra- gal, selin, saksovul, quyonsuyak qabilar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabo’ri, jayran, kemiruvchi va sudra- luvchilar yashaydi. Tuman hududidagi Qizilqum qo’riqxonasida to’qay va cho’l landshaftlari majmuoti va u erdagi no- dir hayvonlardan Buxoro bug’usi (xongul) muhofazaga olingan. Aholisi o’zbek, qozoq, qoraqalpoqlar. Shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga o’rtacha 2,4 kishi to’g’ri keladi. Shaharliklar 8,4 ming kishi, qishloq aholisi 28,5 ming kishi (2002). Xo’jaligi. Tuman q.x.ning asosiy tarmog’i — chorvachilik (qorako’lchilik). G’allachilik b-n ham shug’ullaniladi. K.t.da fosfor k-ti, 100 dan ziyod kichik va xususiy korxona, 20 davlat korxonasi, o’ndan ortiq aktsiyadorlik jamiyati mav- jud. Q.x.da sug’oriladigan erlar 5,2 ming ga, shundan 1,9 ga erga g’alla ekiladi. 9 shirkat xo’jaligi faoliyat ko’rsatadi. Tuman shirkat va shaxsiy xo’jaliklarida qariyb 8,6 ming qoramol, 350 mingga yaqin qo’y va echki, 2 mingdan ziyod tuya, 2,5 mingga yaqin ot boqiladi. Tuman hududining asosiy qismini o’rmon xo’jaligi egallaydi (mayd. 1660 ming ga). Daraxtlarning asosiy turi — saksovul, terak. Tumanning o’rta qismidan Navo- iy — Uchquduq t.y. kesib o’tgan (o’z. 212 km). Avtomobil transporti yo’llari o’z. qariyb 300 km. Tumanda 40 umumiy ta’- lim maktabi (shundan 2 maktab-gimnaziya, 1 lisey-internat), kasb-hunar, sport maktabi, 23 kutubxona, 11 klub, tarix va o’lkashunoslik muzeyi, bolalar madaniy markazi mavjud. 1 Markaziy kasalxona (225 o’rin) va b. tibbiy muassasalarda 90 vrach, 200 ga yakin o’rta ma’lumotli tibbiy xodim ishlaydi. «Konimex ton – gi» tuman gaz. 1930 y.dan chiqadi (adadi 1500).