Konvergentsiya
Konvergentsiya (lot. Converge -yaqinlashaman, o’xshayman) (biologi ya da) — turli ajdodlardan kelib chiqqan orga- nizmlarda bir xil tashqi muhit ta’siri- da o’xshash belgilarning paydo bo’lishi. K. natijasida vujudga keladigan belgi- larning o’xshashligi analogiya deyiladi. «K.»terminini Ch.Darvin fanga kirit- gan. K. har qanday organlar tuzilishiga tegishli bo’lishi mumkin. Tez so’zuvchi tog’ayli va suyakli baliqlarga dengiz sut emizuvchi hayvonlari — delfinlar ta- nasining o’xshashligi; qushlar qanoti b-n sut emizuvchilar — ko’rshapalaqlar qanotining o’xshashligi; barcha sakrov- chi sut emizuvchilar gavda shaklining o’zaro o’xshashligi bunga misol bo’ladi. Geografik jihatdan bir-biridan uzoqda joylashgan hududlarning o’xshash yashash joylarida qator konvergent turlarni o’z ichiga oluvchi butun biosenozlar kon- vergent tarzda rivojlanishi mumkin. Mas, Avstraliyada xaltali sut emizuvchi- larnknt evolyusiyasi dunyoning boshqa ma- teriklarida yashovchi yo’ldoshli sut Emi- zuvchilarga konvergent bo’lgan ko’pgina turlarning shakllanishiga olib kelgan (bo’ri — xaltali bo’ri, ayiq — xaltali ayiq, sichqon — xaltali sichqon va b.).