KEPLER QONUNLARI

KEPLER QONUNLARI – I. Kepler kashf etgan sayyoralar harakatiga oid 3 ta qonun. I. Keplerning «yangi astrono- miya» (1609) asarida uning 2 qonuni bayon qilingan edi, 3-qonuni 1619 y.da kashf etildi. 1 – qo n u n . Har bir Sayyora ellips bo’ylab harakatlanadi, uning hamma sayyoralar uchun umumiy bo’lgan foku- sida Quyosh yotadi. 2 — qonun. Quyoshdan sayeraga o’tkazilgan radius-vektor teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi. Bu qonun Sayyora harakat yo’lidagi ixtiyoriy nuqtada oladigan tezlikni ifodalaydi. Unga muvofiq sayyoralar Quyoshga yaqin paytida tezroq harakat qiladi. 3-qonun. Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish davri kvadratlarining nisbati ular- ning quyoshdan o’rtacha uzoqligi kublari nisbatiga teng, ya’ni: na (1) I.Nyuton tomonidan 1687 y.da aniqlashtirilgan bu qonunni quyidagi formula orqali yozish mumkin: (2) bunda Tt va T2 — ikki sayyoraning Quyosh atrofida haqiqiy (si- Derik) aylanish davrlari; M — Quyosh massasi; GP, va pg2 — birinchi va ikkini sayyoraning massalari; ah va A2 — bi- rinchi va ikkinchi sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish orbitalarining katta yarim o’qlari. Keyingi tenglama- dagi t, va pg2 — sayyoralar massalari Quyosh massasi M ga nisbatan juda kichik bo’lgani uchun ularni hisobga olinma- sa, (2) tenglama yuqoridagi (1) tenglama ko’rinishini oladi. Elliptik orbita bo’ylab harakatlanuvchi osmon jismlariga te- gishli Keplerning uchinchi qonunini say- yoralar va ularning yo’ldoshlari hamda umumiy massa markazi atrofida ellip- tik orbitalar bo’ylab harakatlanuvchi qo’shaloq yulduzlarga qo’llab, bu osmon jismlariga tegishli ba’zi kattaliklar- ni aniqlash mumkin. Xususan, bu qonun sayyoralarning massalarini Kuyosh massa- siga nisbatan hisoblashga, shuningdek, kuzatishlar yordamida qo’shaloq yulduz- lardan birining ikkinchisiga nisbatan aylanish davrini aniqlash hamda ular- ning yillik parallakslarini o’lchash asosida, ularning umumiy massalari- ni hisoblashga imkon beradi. Kepler o’z qonunlari asosida sayyoralarning harakat jadvallarini tuzdi. Bu jad- vallar 1627 y.da «Rudolf jadvallari» nomi bilan nashr qilindi. Aniqligi yuqori darajada bo’lgan bu jadvallardan astronomlar amaliy astronomiyada 17-, 18-a.lar davomida keng foydalanishgan. K. q. osmon mexanikasi fanining paydo bo’lishi va taraqqiyotida muhim o’rin tu- tadi.