Ko’k kaptar

Ko’k kaptar, yovvoyi kaptar (Columba livia) — kaptarsimonlar tur- kumiga mansub qushlarning bir turi; barcha xonaki kaptar zotlarining nasl boshi. Tumshug’ining qoraligi, qanotida qora yo’llar ko’pligi, dumida oq yo’llar bo’lmasligi b-n boshqa kaptarlardan AJ- ralib turadi. Jan. Evropa, Shim. Af- Rika, Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda cho’l va dashtlardan tortib baland qorli cho’qqilargacha, shuningdek, shaharlarda tarqalgan. O’troq qush, gala bo’lib yashay- Di. Monogam, nari ham nasli uchun g’amxo’rlik qiladi. Daraxt shoxlari, jarliklar, tog’qoyalarining yoriqlari va binolarning bo’g’otlariga uya qurib, 2 ta tuxum qo’yadi. 3 haftada jish bola ochadi. Bolasini dastlab jig’ildonidan ajratib chiqaradigan bo’tqa, keyinroq har xil donlar b-n oziqlantiradi. Bola- si uchirma bo’lgandan so’ng (1 oy), yana tu- xum qo’ya boshlaydi. Bir mavsum davomi- da 4 martagacha tuxum qo’yib, bola ochadi. O’simliklarning urug’i b-n oziqlanadi. Ovlanadi.