Kurs loyihasi
Kurs loyihasi – texnika yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlovchi oliy o’quv yurtlari, o’rta maxsus va kasb- hunar o’quv yurtlari (kasb-hunar kolle- Ji) talaba (o’quvchi)lari tomonidan o’quv yili (kurs, semestr) davomida bajari- ladigan mustaqil ish. K. l.da ob’ekt, ja- rayon, rejalashtirish va h.k.ning jo’z’iy bo’lagi tahlil qilinadi, ba’zi sifati yoki ko’rsatkichi yangidan loyihalanadi. K. l. grafik qism va hisob-tushuntirish xa- tidan iborat. K. l.ni bajarish jarayonida talaba (o’quvchi)lar texnologik jarayon- larni loyihalashtirish, i.ch.ni tashqil etish va rejalashtirish bo’yicha olgan na- zariy bilimlarini mustahkamlaydilar, i. t.da muayyan ko’nikma hosil qiladilar, ilmiy-texnika va maxsus adabiyotlar, namunaviy loyiha va sh.k.dan foydala- nishni o’rganadilar. K. l.ga tajri-bali prof.-o’qituvchilar va i.ch. etakchi muta- xassislari rahbarlik qiladi. K. l. ta- laba (o’quvchi)larni bitiruv malakaviy ish yoki magistrlik dissertasiyalarini mustaqil bajarishga tayyorlaydi.