Kurortologiya

Kurortologiya (kurort va …lo- giya) — tibbiyotning bir bo’limi; tabiiy shifobaxsh omillar (iqlimiy, balne- ologik va b.), ularning organizmga ta’- sirini hamda ulardan davolash-profila- tika maqsadlarida foydalanish usulla- rini o’rganadi (q. Balneologiya, Iqlim bilan davolash, balneoterapiya, balchiq bilan davolash). K. sanatoriy va kurort- lar ishini tashqil qilish, ommaviy dam olish, kurortbop joylarni izlash va tan- lash masalalari b-n ham shug’ullanadi. Xuddi tabiiy fizik omillardagidek (mas, karbovat angidridli, vodorod sul- fidli va b.) sun’iy muhit barpo etish, fizioterapiya usulidan foydalanish ham K. vazifasidir. O’zbekistonda Ku- rortologiya i.t. in-ti (1919) va 1920 y.da O’rta Osiyo un-tida tibbiyot f-ti tashqil etilgan vaqtdan boshlab kurort joy- larni muntazam o’rganishga kirishildi, mahalliy mineral suvlar, balchiqlar, kuyosh nuri va b. tabiiy omillarning odam organizmiga ta’siri klinik hamda eks- perimental jihatdan tadqiq qilindi. Hoz. O’zR Sog’liqni saqlash vazirligi sa- lomatlikni tiklash va fizioterapiya i.t. in-ti hamda uning shoxobchalari (Termiz, Namangan sh.da) K. sohasida faoliyat ko’rsatadi.