Kunersdorf jangi
Kunersdorf jangi – eti yillik urush (1756-63) davridagi Yi- rik janglardan biri (1759 y. 1 avg.). Frankfurt-Oder yaqinidagi Kunersdorf qishlog’i yaqinida general P.S.Saltikov qo’mondonligi (ruslardan 41 ming kishi, avstriyaliklardan 18,5 ming kishi qatnashgan, 248 to’p) ostidagi Rossiya-Av- striya qo’shinlari Fridrix II boshchili- gidagi prus armiyasi (48 ming kishi, 200 to’p)ni mag’lubiyatga uchratishgan. Prussiya 19 ming kishi va 172 to’p, ittifoqchilar esa, 15 ming kishini yo’qotgan. Prussiya haloqat yoqasiga kelib qolgan, biroq Ros- siyaning kuchayib ketishini istamagan Avstriya faollik ko’rsatmagan, vatijada Fridrix II yangidan kuch to’plab urushni davom ettirish imkoniyatiga ega bo’lgan.