Kumasi
Kumasi — Gananing Markaziy qismidagi shahar. Ashanti viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 390 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). T.y. va avtomobil yo’llari tuguni. Yirik sanoat va madaniyat markazi. Yog’ochsozlik, oziq-ovqat, engil sanoat korxonala- ri bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Kakaoga ishlov berish kor- xonalari mavjud. Hunarmandchilik ri- vojlangan. Shaharga 17-a.da Ashanti qabila boshlig’i Kumasi qarorgohi si- fatida asos solingan. 17-a. oxiri 19-a. larda Ashanti davlatining poytaxti bo’lgan. K. tepaliklarda joylashgan. Shaharning shim. qismida afrikaliklar uylari va Ashanti xrki-Mining qad. sa- royi, g’arbida savdo va ma’muriy bino- lar, eski qal’a (Fort) joylashgan. Un-t, o’rta maxsus o’quv muassasalari, Ashan- ti tarix-etnografiya muzeyi, hayvonot bog’i, badiiy galereya va b. bor.