Ko’k Nil
Ko’k Nil, Bahr ul-azraq -Afrika- dagi Daryo, Efiopiya va Sudan hududida. Nilning eng sersuv o’ng ir-mog’i. O’z. 1600 km, havzasining mayd. 300 ming km2. Kichik abbay nomi b-n Choke tog’lari yon bag’ridan boshlanadi. Tana ko’liga quyiladi, undan abbay nomi b-n oqib chiqib, 20 km dan keyin bal. 45 m li sharshara hosil qiladi. Boshlanishida qirg’oqlari pastroq, so’ngra 500 km ma- sofada chuq. 900-1200 m, eni 100-200 m li daradan oqadi. Sudan hududidan chiqqach, K.N. nomini oladi va ancha tekis joyda ilon izi bo’lib oqadi. Xartum sh. yonida oq Nil b-n qo’shilib Nil daryosini hosil qiladi. Asosiy irmoqlari: raxad va Dinder. Yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Quyilish joyidan 580 km masofada kema qatnaydi. Suv sarfi Xartum sh. Yaqinida Fev.da 127 m3/sek. dan avg.da 5822 m3/ sek. gacha. Sennor sh. yonida to’gon, GES va suv omborlari qurilgan. Sug’orishda foydalaniladi.