Kriofillar

Kriofillar (Yun. kryos — sovuq, muz va … fil) — turg’un past haroratda yashovchi organizmlar. K. ga Jan. va shim. qutb dengizlarida (ignaterililar, baliqlar, mollyuskalar), sovuq suvli Daryo va soylarda (gulmoyi baliq, ayrim planariyalar va b.), shuningdek, shim. kengliklar va baland tog’larda hayot ke- chiradigan hayvonlar kiradi. Ko’pchilik K., odatda, harorat kam o’zgarishiga mos- lashgan (stenotermlar) bo’ladi. Mac, bir qancha igvaterililar (ilondumlilar, dengiz ko’zachalari)ga suv haroratining g dan yuqori ko’tarilishi qaloqatli ta’- sir etadi. Harorat ko’tarilganida sovuq suvlarda yashovchi ayrim baliqlarning harakatlanishi va oziqlanish inten- sivligi pasayadi. Kriofillik harorat ko’tarilgan sayin suvda eriydigan kis- lorod miqdorining kamayib borishi b-n bog’liq. Arktika dengizlarida yashovchi ayrim baliqlar qonida suyuqlikning muzlash nuqtasini pasaytiruvchi modda- lar (biologik antifrizlar) bo’ladi. K.ga erigan qor suvlari, muz va qor ustida yashaydigan organizmlar (bir hujayrali suvo’tlar, krioplankton, ayrim chuval- changlar, hasharotlar) ham kiradi. K. suvo’tlarning tez ko’payishi, muz yoki qor rangining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Kriofil o’simliklar k r io f i t l a r deb ataladi.