KOSHG’ARIY YODGORLIK MAJMUI
KOSHG’ARIY YODGORLIK MAJMUI, Mahmud Koshg’ariy yodgorlik m a j m u i — Xitoyning Qashg’ar (Koshg’ar) viloyati O’pal nohiyasidagi aziq qishlog’ida, Hazrati Mullom tog’i eta- gidagi tepalikda joylashgan maqbara. Tepalikning bal. 40 m bo’lib, mahalliy xalq orasida Mahmud Koshg’ariy mozori nomi b-n mashhur. Olim dafn etilgan joyga o’sha davr an’anasiga mos ravish- da peshtoqlik qabr qurilib, usti uy shaklida yopilgan. Shundan beri bu er ziyoratgohga aylanib, mahalliy xalq to- monidan ta’mirlanib turilgan. 1958 y. maqbara to’la ta’mirlanib, yoniga muzey qurilgan va hukumat tasarrufi- dagi ziyorat maskaniga aylantirilgan. Uning tarkibida asosiy maqbara, hovli, qiroatxona, muzey, tahoratxona qabilar mavjud. Ularning umumiy mayd. 1160 kv. m ga teng. Qabr joylashgan tepalikning etaklari go’zal, manzarali boqqa aylanti- rilgan. Hozir ushbu ziyorat maskanining umumiy mayd. 75 ga ga yaqin. Maqbaraga chiqishda 92 ta zinani bosib o’tish lozim. Aytishlaricha, ushbu zinalar soni olim- ning yoshi soniga tenglashtirilgan. Zina- poya yonida o’sha davrdan beri saqlanib ke- layotgan buloq mavjud. Mahmud Koshg’ariy muzeyi maqbaraning shim.-tomonida joylashgan. Maqbara b-n muzey oralig’i taxm. 300 m keladi. 1999-2000 y.larda pastdan muzeyga chiqish uchun zinali yo’l ishlangan. Uning o’rta belida olimning kitob ushlab turgan haykali o’rnatilgan. Haykalning bal. 9,7 m. Abdulahad Xo’jaev.