Kreasionizm
Kreasionizm (lot. kreatio – yara- tish) — turlarning o’zgarmasligi, orga- nizmlarning muayyan maqsadda xilma- xil qilib yaratilganligi to’g’risidagi g’ayriilmiy ta’limot. K. tarafdorlari fikricha, turlarning tashqi yoki ichki omillar ta’sirida o’zgarishi cheklangan; ular yaratuvchi tomonidan qancha yaratil- gan bo’lsa, shuncha saqlanib qolgan. K. ta’limotini paleontologiya asoschisi J. Kyuve, o’simlik va hayvonlar sistema- tikasini ishlab chiqqan olim K. Linney kabi atoqdi olimlar ham quvvatlashgan. K. tarafdorlari qad. geologik davrda- gi va hoz. turlar o’rtasidagi farqni tu- shuntirish uchun katastrofalar g’oyasini ilgari surgan. Bu ta’limot asoschisi J. Kyuve fikricha, er yuzidagi o’simlik va hayvonlar bir necha marta qirilib ketib, qaytadan vujudga kelgan va har gal avvalgisiga nisbatan murakkabroq formalar paydo bo’lgan. Ch. Darvinnnnt evolyusion ta’limoti yaratilgandan so’ng K. o’z mavqeini yo’qotdi. Ch. Dar- vindan keyingi davrda K. tarafdorlari o’z dunyoqarashini o’zgartirishga maj- bur bo’lishdi. Endi ular turlarning o’zgarishi va odamning paydo bo’lishi to’g’risidagi evolyusion vazariyani inkor qilishmaydi, lekin insonga aql-idrok va ruhiy faoliyatni Yaratganning o’zi ato etgan deb tushuntirishadi. «Ilmiy K.»tarafdorlari (asosan, AQShda) EVO- lyusion ta’limotni organik dunyoning mavjudligi to’g’risidagi ashyoviy dalil- larga ega bo’lmagan tushunchalardan biri sifatida diniy dunyoqarashlar b-n bir qatorga qo’yishga harakat qilishmoqda.