Kontrastlik

Kontrastlik (fotografiyada) — fotoqog’ozdagi eng yorug’ (och) va eng qorong’i (to’q) joylarning yorqinlik xossalari nisbati bo’yicha oq-qora foto- tasvirlarning tavsifi. Oq-qora tas- VIRda K. qorayishning eng katta va eng kichik optik zichliklari (optik zichlik to’shayotgan yorug’lik nurlari uchun mod- da qatlamining noshaffoflik o’lchovi) orasidagi tafovut (AD ~ Dmm — Dmin) sifatida aniqlanadi. Fotomaterial K.gining miqdoriy va rangiy tavsifi K koeffisienti deb ataladi. Agar fotosu- ratga olish sharoiti va kridalari to’g’ri tanlansa, fotomaterialning K. koef- fisienti qancha yuqori va ob’ekt ayrim joylarining och-to’qligi orasidagi ta- fovut qancha katta bo’lsa, K. ham shuncha yuqori bo’ladi.