Kontroller
Kontroller (ing. Controller — boshqaruvchi) — elektr dvigatel- larni ishga tushirish (yurgizib yubo- rish), tezligini rostlab turish, Rever- sirlash (dvigatel o’qining aylanish yo’nalishini o’zgartirish) va to’xtatish uchun mo’ljallangan past kuchlanishli elektr apparat. Tuzilishi jihatdan ko’p pog’onali yassi, barabanli va kulachokli almashlab ulagichlardan iborat. Odatda, K. dasta yoki zalvar massa (maxovik) yor- damida qo’lda boshqariladi; agar ma’lum masofadan turib boshqariladigan bo’lsa, servomotor qo’llaniladi. K. yordamida boshqarish zanjiridagi, kuch zanjir- larini biriktirish sxemalaridagi va elektr dvigatellarni uyg’otish zanjirla- ridagi elektr qarshilik o’zgartiriladi. K.lar elektronika (jumladan, kompyu- terlar)da ham qo’llaniladi.




