Konserva sanoati
Konserva sanoati – oziq- ovqat sanoati tarmog’i, tez bo’ziladigan o’simlik va hayvonot mahsulotlari (meva, sabzavotlar, sut, go’sht, baliq)ni uzoq muddat saqlash maqsadlarida qayta ishlaydi, yarim fabrikatlar va germetik yopiq idishlarda iste’molga tayyor kon- servalar ishlab chiqaradi. Sanoat usulida konservalar i.ch. 19-a. boshlarida rivojlandi. O’zbekistonda K.s. 20-a. boshlarida paydo bo’ldi. 1913 y.da hoz. O’zbekiston hududida kustar usul b-n mahsulot tayyorlaydigan 3 ki- chik konserva korxonasi bo’lib, ularda jami 200 ming banka konserva ishlab chiqarilgan. O’zbekistonda konserva sa- noati 30-y.larda rivojlandi. Asosan, meva va sabzavotlardan konservalar ish- lab chiqarila boshlandi. 1929 y. Yangiyo’l konserva z-Di, 1932 y. Toshkent konserva z-Di ishga tushirildi. 1940 y.lar boshida Samarqandda konserva z-dlari qurildi. Namangan konserva z-Di ham kengaytiril- Di. Urushdan keyingi yillarda Farg’ona, Andijon, Shahrisabz va b. shaharlarda o’nlab konserva z-Di ishga tushirildi, eskilari kengaytirildi va zamonaviy asbob-uskunalar b-n jihozlandi. 1975 y.da «O’zmevasabzavotuzumsanoat» kon- TSerni korxonalarida 490 mln. Shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chi- karildi. 1985 y.da sobiq Ittifokda al- kogolizmga qarshi qonun qabul qilingach, vino z-dlarida turli uzum va meva shar- bati ishlab chikarila boshlandi. 1986— 89 y.larda konserva i.ch. 2 marta ko’paydi. Konserva korxonalari, asosan, «O’zmevas abzavotuzumsanoatxolding» kompaniyasi tarkibiga kiradi. Asosiy mahsulotlari — meva kompotlari, murabbo, jem, shar- batlar, marinadlangan va tuzlangan sab- zavotlar, pomidor pastasi, quritilgan mevalar (qoqilar). Konserva mahsulotlari i.ch.da «O’zbekbirlashuv» ning ulushi ham salmoqli. «O’zbekbirlashuv» tizimida 54 konserva korxonasi bor. O’zbekistondan Germaniya, Polsha, Italiya, Malayziya, Yaponiya kabi mamlakatlarga turli meva va sabzavotlar konservalari, pomidor pastasi, mayiz, turli qoqilar eksport qilinadi. Respublikada 90-y.lardan ko’pgina jamoa xo’jaliklarida kichik konserva z-dlari va tsexlari ishga tu- shirildi. Ixtisoslashtirilgan yirik bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik xo’jaliklari konserva z-dlariga xom ashyo etkazib beradi. Respublika K.s. korxonalari yiliga 12 mlrd. shartli banka mahsulot i.ch. quvvatiga ega (2000). 1995 y.da 50 dan ortiq agrofirma ishla- Di (meva-sabzavot, konservalari i. ch.ga moslashgan «Qashqadaryo», «Namangan- konserva», «Samarqand», «kishmish», «Uchko’prik», «Quvasoy» va b.). 2000 y.da O’zbekistonda 480,4 mln. shartli banka (jumladan, «O’zbekbirlashuv» aktsiyador- lik kompaniyasida 53,1 mln. banka) meva- sabzavot konservasi ishlab chikarildi. «To’raqo’rg’on shirinliklari», «Bulo’ngur mevalari» firmalarida meva qoqilari va mayiz tayyorlanadi. «O’zbaliq» aktsiyadorlik kompaniyasi korxonalarida dudlangan baliq, Mo’ynoq baliq konserva kti (1941)da chetdan olib kelinadigan xom ashyodan turli baliq konservalari ishlab chiqariladi. Akramjon Azizov.




