Kondensasiya

Kondensasiya (lot. Condensation -quyuklanish, zichlashish), kondensatla- nish — 1) gazsimon holatdagi moddaning sovishi yoki siqilishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga utishi. K. — bui- anishning aksi. K. muayyan modda uchun kritik t-radan past t-radagina sodir bo’ladi. Kritik nuqta b-n uchlama nuqta orasidagi t-raviy oralikda modda suyuq holatga, yanada pastroq t-ralarda esa kri- Stall holatga o’tadi. Suyuq yoki kristall holatlar orasida muvozanatli K. yuz be- rib, gaz holatdan suyuq yoki qattiq holatga o’tayotganida ma’lum miqdorda issiqlik ajraladi. Bu issiqlik moddaning shu t-ra va bosimda bug’lanishiga sarflan- gan issiqlikka teng. K.ning solishtirma issikligi solishtirma bug’lanish issi- kligiga teng. Bug’lanish va K. bir vaqtda ro’y beradi. Qattiq jism yoki suyuqlik sirtida hosil bo’luvchi sirtq i K., Aero- zol, gaz ionlarining bug’hajmi ichida, bug’ning zichlashish joylaridagi zichlik fluktuasiyasi (o’rtacha qiymatdan og’ishi) oqibatida hosil bo’luvchi hajmiy K. mavjud. Suv bug’ining kondensatlanishi natijasida atmosferada bulut, tuman, shud-ring va qirov hosil bo’ladi. K. tur- li xil issiqlik almashinish apparatla- rida qo’llaniladi, u distillashnpt aso- si hisoblanadi; 2) organik moddalar bir nechta molekulalarining birikish re- aktsiyasi; bunda, suv, ammiak va b. oddiy moddalar ajraladi.