Kondensasion elektr Stantsiya
Kondensasion elektr Stantsiya (kes) — ishi bug’ning kon- densatlanishiga asoslangan va faqat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektr st-ya. Ish dvigateli — bug’tur- binasi. Unda ish tsikli bug’ning konden- satlanishi (suyuqlikka aylanishi) b-n tugaydi (q. Kondensasiya). Hosil bo’lgan kondensat bug’qozonita qaytib keladi va qayta ishlatiladi. K.e.eda suv bug’ining issiqlik energiyasi kondensasion bug’ turbinasida mexaniq energiyaga, elektr generatorlarda elektr energiyasiga ay- lanadi. Bug’ning boshlang’ich parametrla- ri (bosimi va t-rasi) ni uni turbinaga kiritish oldidan oshirib, ishlatilgan bug’ning oxirgi bosimi va t-rasi pasay- tirilib K.e.s.ning f.i.k. otshiriladi, Bug’ni qo’shimcha (orada) qizdirib ham f.i.-k.ni oshirish mumkin. Yirik K.e.eda bug’ning boshlang’ich parametrlari — bo- sim 13 — 14 MPa va t-rasi 560— 570°, takomillashganlarida esa 25 MPa va 550-660°, 30 MPa va 650° bo’ladi. Ayrim turboagregatlarning quvvati 800-1300 MVt ga etadi. K.e.s.ning asosiy qismlari: qozon qurilmasi, bug’ turbinasi va mashina zali, texnik suv ta’minoti va yoqilg’i xo’jaligi, elektr taqsimlash qurilmasi, kuchaytirish pod- stantsiyasi va b. K.e.s.da ko’mir kukuni, tabiiy gaz, mazut, o’tin va b. yoqilg’ilar yoqiladi. Atom K.e.s.sida yoqilg’i sifa- tida yadro yoqilg’isidan foydalaniladi. Yirik Keslar issiqlik elektr stantsi- yalari deb ataladi.




