Kyuri

Kyuri – Veys qonuni – ba’zi paramagnit moddalar solishtirma mag- nit singdiruvchanligi x ning t-ra T ga bog’likligini ifodalovchi qonun: %=S/T, bunda S — modda doimiysi (Kyuri do- imiysi). Bu qonunni 1895 y.da P. Kyuri kashf qilgan. Nodir metallar, tuzlar, eritmalar va ba’zi gazlar (mas, kislo- rod) da o’tkazilgan tajribalar Kyuri qonunining to’g’riligini tasdiqlaydi. Lekin ko’pgina moddalar-magnit singdi- ruvchanligi x ning t-ra T ga bog’likligi %= S7(T-9) formula b-n ifodalanadi, bunda S—modda doimiysi, 6 — Kyuri nuqshasi yoki Neel nuqtasi. Kyuri qonuniga o’xshash bu qonunni 1907 y.da frantsuz fizigi P. Veys (P. Weiss, 1864— 1940) kashf qilgan. K. — V. q. magnit momentlarining tashuvchilari o’zaro ta’sir qiluvchi moddalar uchun Kyuri qonunining umumiy holidir. Ko’pgina holdarda S» doimiysi Kyuri qonunidagi S doimiysiga mos to’shadi. Tajriba na- tijalari, odatda, 1/x ning t-ra T ga bog’liqligini ifodalovchi grafigi aso- sida hisoblanadi. Bunda to’g’ri chiziq (a yoki Ь) ning og’ishi S’ni, uning T o’qi b-n kesishgan nuqtasi e ni belgilaydi (S manfiy yoki musbat bo’lishi mumkin).