Ko’per effekti
Ko’per effekti — metallar- da erkin elektronlarning juft (ko’per jufti) bo’lib birlashishi natijasida o’ta o’tkazuvchanlik hosil bo’lishi. 1956 y.da L. Ko’per kashf qilgan. K. e. hozirgi zamon o’ta o’tkazuvchanlik nazariyasi- ning asosi hisoblanadi. Metallarning o’ta o’tkazuvchanligi kvant effektlar- ga bog’liq. Metaldda harakatlanayotgan elektron metall strukturasidagi Pan- jaralarni deformasiyalaydi. Deforma- tsiya natijasida bir-biriga «bog’langan» elektronlar hosil bo’ladi. Kvant naza- riyada bunday «juftlashgan» elektron- lar paydo bo’lishi ularning fononlar — panjara tebranishi kvantlari almashi- nuvidan deb tushuntiriladi. Fononlar almashinuvi natijasida elektronlar orasida ma’lum tortilish kuchi (Frelix kuchi) paydo bo’ladi. Kritik t-radagi me- tallarda bunday tortilish kuchi Kulon (elektrostatik) kuchidan katta bo’lib, metall kritik holatga o’tadi (q. O’ta o’tkazuvchanlik).