Kasanachi

Kasanachi, uyda ishlovchi — ish beruvchilar b-n tuzilgan mehnat shar- tnomasi asosida o’z mehnat vazifala- rini uylarida bajaruvchi xodimlar toifasi. Kasanachilikka oid asosiy qoidalar O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilab qo’yilgan. Mehnatni tashkil etishning bu shakli O’zbekiston Respublikasi Adliya vazir- ligi tomonidan 1998 i. 29 avg.da 486- son b-n davlat ro’yxatidan o’tkazilgan «O’zbekiston Respublikasida uyda ish- lovchilar mehnatini tashkil qilish tartibi to’g’risida Nizom» vositasida huquqiy jihatdan tartibga solinadi. K. ish beruvchining materiallari va asbo- blaridan foydalanib, o’z uyida mehnat qiladi, o’z mehnat qurollari va asbob-uskunalaridan foydalangan taqdirda ularning eskirish xarajatlari ish be- ruvchi tomonidan kompensasiya qilinishi (qoplab berilishi) lozim. Ish beruvchi o’z xohishi b-n kasanachilikni tashkil qilishi, har bir xodim b-n uyda ishlash bo’yicha mehnat shartnomasini tuzishi, amal qilib turgan shu mehnat shartnoma- siga o’zgartirish va qo’shimcha kiritishi mumkin. Yuqoridagi Nizomga ko’ra, kasa- nachilik buyicha mehnat shartnomalari, asosan, voyaga etmagan bolalari bo’lgan ayollar, nogironlar, pensionerlar, no- giron yoki boshqa bemor oila a’zolarini parvarish qilayotgan shaxslar, mavsumiy ishlarda band bo’lgan, (mavsumlar ora- ligida) tegishli mehnat majburiyatla- rini uyda ado etish uchun zarur uy-joy va maishiy sharoitga ega bo’lgan shax- slar b-ngina tuzilishi mumkin. K. lar mehnati, ish vaqti va dam olish vaqti ish beruvchi b-n kelishib olingan holda, ularning bevosita o’zi tomonidan amal- dagi mehnat qonunchiligi talablari do- irasida belgilanadi. K. mehnatiga xo- dim va ish beruvchining o’zaro kelishuvi asosida, bajarilgan ish miqdori hamda sifatiga mutanosib tarzda, eng kam oy- lik ish haqidan kam bo’lmagan va eng ko’p miqdori cheklanmagan hajmda ish haqi to’lanadi. K.ga tovar va b. moddiy boyliklar ish jarayonida foydalanish uchun topshirilgan takdirda, ish beruvchi ular b-n qonunda belgilangan tartib- da va shaklda to’la moddiy javobgarlik to’g’risida yozma shartnoma tuzish lozim. K. ish vaqti, dam olish vaqti, mehnat sharoiti, mehnat muhofazasi va h.k. jihatidan boshqa sohalarda ishlovchi xodimlar b-n teng huquqlardan foydala- nadi va o’z majburiyatlariga ega bo’ladi; har yili haq to’lanadigan va ish joyi (lavozimi) saqlanadigan mehnat ta’ti- liga chiqishi va b. imtiyozlardan foyda- lanishi mumkin.