Kasb kasalliklari
Kasb kasalliklari – yomon mehnat sharoitlari va kasbga aloqador zararlarning organizmga ta’siri nati- jasida paydo bo’ladigan kasalliklar. K.k.ning kechishi unga sabab bo’lgan za- rarli omillarning o’ziga xosligi, kuchi, davomiyligi va ularning birgalikdagi ta’siriga bog’liq. K.k. i. ch.ning zararli omillarini hisobga olgan holda belgi- lanadi. K.k.ning fizik (kasbga aloqador karlik, vibrasiya kasalligi, nur kasal- ligi, kesson kasalligi, balandlik ka- salligi va b.), biologik (infektsion va parazitar kasalliklar: brusellyoz, kuy- dirgi) va kimyoviy omillar ta’sirida (q. Zaharlanish), ba’zi changlar uzoq vaqt na- FASga olinganda (pnevmokonioz, bronxit va b.), shuningdek, jismoniy zo’riqqanda yoki shikastlanganda (nevrit, bursit) Vu- judga keladigan turlari farq qilinadi. K.k.ning kelib chiqishiga organizmning o’ta toliqishi va kasallikka qarshi ku- Rasha olish faoliyatining pasayishi ham sabab bo’ladi. O’zbekistonda K.k. ro’yxati va tegish- li tavsiyanomalar O’zR Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiklanadi. I. ch. texnologiyasining takomillashtirili- shi, i.ch. jarayonlarini kompleks mexani- zasiyalash va avtomatlashtirishning keng joriy etilishi, mehnat va dam olishning me’yorida tashkil qilinishi, zararli korxonalarda qisqartirilgan ish kuni belgilanishi tufayli K.k. kamayib bor- mokda. K.k.ni oldini olish, davolash, mexnat muhofazasini tashkil kilish ishlari b-n O’zbekiston sanitariya, Gigi- ena va kasb kasalliklari i.t. institute shug’ullanadi.