Kattaqo’rg’on bentonit gili koni
Kattaqo’rg’on bentonit gili koni — Samarqand viloya- tidagi kon. Kattaqo’rg’on sh.dan 15 km Jan.-g’arbda, ingichka shaharchasiga olib boruvchi yo’l yoqasida. Konning Geolo- gik tuzilishida bo’r, paleogen va neogen yotqiziqlari qatnashadi. Ular Zirabuloq tog’i paleozoy jinslari massivini Jan. dan xalqasimon shaklida o’rab turadi va Jan.ga qarab 5-12° qiyalikda yotadi. Ben- tonit gillarining sanoatbop gorizonti eosenning Turkiston yarusi kesmasini tashkil etadi, olay yarusining qum-gilli yotqiziqlariga muvofiq yotadi va neogen yotqiziqlari b-n qoplangan. Bentonit gillari oraliq qatlam b-n ajralgan 2 qismdan iborat. Kulrangli pastki qismining qalinligi 18-20 m. Ustki qismi yashil rangli. Qalinligi 15-30 m. Oraliq qatlam sarg’ish rangli ishqoriy bentonitlardan iborat, qalinligi 0,3— 0,5 m. Kulrangli bentonit gillari Mont- morrillonit mineral tarkibiga ega. Qo’shimchalar tarzida gidroslyuda, orga- nik moddalar va tarqoq pirit mineral- lari uchraydi. Yashil gillarning pastki qismi karbonatli va qalinligi 2,5—3,0 m li mergel qatlamlariga ega. Gil tar- kibida sezilarli miqdorda tseolit uch- raydi. Oraliq qatlam toza montmorillo- nitdan tarkib topgan va galmiroliz tu- fayli vulkan tuflarining o’zgarishidan hosil bo’lgan. Gillar Parma quduqdari uchun yuvuvchi suyuqliklar tayyorlashda, paxta yog’i va vino mahsulotlarini toza- lashda, keramzit i.ch.da qo’llaniladi. Kon bazasida gil kukuni ishlab chiqaradigan z-D ishlab turibdi.