Sporofill

Sporofill — qirqquloq yoki urug’li o’simliklar bargi. S.da yoki barg qo’ltig’ida sporangiylar paydo bo’ladi. Suv qirqquloqlarining mikro va Mega- sporangiylari sporokarpiyalarda vujud- ga keladi. Mikrosporangiylar rivoj- lanadigan har xil sporali o’simliklar S.lari mikrosporofillar, megasporan- giylar rivojlanadigan S.lar esa me- gasporofillar deb ataladi. Mikro va megasporofillar tashki ko’rinishi bir xil, urug’li o’simliklarda esa har xil bo’lishi mumkin.