Som-hom tillari, Afrika Osiyo tillari

Som-hom tillari, Afrika Osiyo tillari — Afrikaning Atlantika oke- ani qirg’og’i va Kanar o.laridan qizil dengiz qirg’og’igacha bo’lgan shim. qismida, G’arbiy Osiyo xamda Malta o.da tarqalgan tillar makrooilasi. S.h.t. da (aso- san, Arab tilining turli lahjalarida) so’zlashuvchilarning guruhlari shu til- lar tarqalgan mintaqadan tashqaridagi ko’pgina mamlakatlarda ham uchraydi. So’zlashuvchilarning umumiy soni 320 mln. kishidan ortiq. S.h.t. 5 tarmoqqa bo’linadi: som tillari, qad. Misr tili, barbarliviya tillari, Chad tillari, ku- shit tillari. Ba’zi tasniflarda 6tarmoq sifatida omot tillari ko’rsatilsada, bu fikr hali to’liq tasdiqlanmagan. S.h.t.ning som tarmog’i tarqalish va so’zlashuvchilar soni bo’yicha alohida o’rin tutadi. Insoniyat hoz. kunda foydalanib kelayotgan eng asosiy alifbolar (Arab, lotin, yunon, qad. va hoz. hind) ushbu tarmoqqa mansub finikiy tili yozuvidan kelib chiqqan. Finikiy tili, shuning- dek, Akkad, oromiy, Ugarit, qad. yahudiy, nabotiy, Falastin va b. bir qancha tillar o’lik tillardir. Illy tarmoqdagi eng keng tarqalgan til Arab tilidpr. Unda 20 ga yaqin Arab mamlakatlaridagi 200 mln. dan ortiq kishi so’zlashadi. Yana jon- li tillardan rasmiy til darajasidagi Malta, amxara, ivrit tillarini, shu- ningdek, kam sonli aholi so’zlashadigan Mehriy, jibboliy, so’qo’tra, tigray, ti- GRE, argobba kabi tillarni ko’rsatish mumkin. Misr tarmog’i qad. Misrda mil. AV. 4ming yillik oxiridan mil. 5-a.gacha bo’lgan davrga mansub ieroglifik Yodgor- liklar va demotik (xalqona) yozuvdagi hujjatlardan ma’lum qad. Misr tilini hamda qibtiy (kopt) tilini (qad Misr tilining 3-17-a.lardagi davomchisi) qamrab oladi. Qibtiy til yunon alifbo- si asosidagi yozuvga ega, u 17-a. dan umu- miste’moldan chiqqan, lekin hoz. gacha Misrdagi pravoslav cherkovining ibodat tili hisoblanadi. Barbarliviya tarmog’i Shim. Afrika va Sahroi Kabirda tarqalgan barbar xalqlarining ko’plab til va laxjalarini kamrab oladi. Bular: tashelxit (shilx, shlux); Tuareg tillari (tamashek, taneslemt, Gxat); zenet tillari (rif, senxayya, kabil); zenaga, tamazigxt va b. Ushbu tarmoqqa qad. Liviya tillari va guanch (Kanar o.lari) kabi ulik tillar ham kiradi. Kushit tarmog’iga kiruvchi tillar, asosan, Efiopiya va Somalida, shuningdek, Keniya, Tanzaniya, Uganda, Sudan va b. Shim.Sharqiy Afrika mamla- katlarida tarqalgan (50 dan ortiq til va lahjalar). So’zlashuvchilar soni 30 mln. kishiga yaqin. Bu tarmoqda Somali, oro- mo, badaviya, sidamo, afarsaxo kabilar yirik tillar hisoblanadi. Chad tarmog’i 150 dan ortiq til va lahjalarni qamrab oladi va 3 guruhga: g’arbiy Chad, Markaziy Chad, Sharqiy Chad guruxdariga bo’linadi. Markaziy Sudanda, Nigeriya, Kamerun va Chad Respublikasining Chad ko’li atro- fidagi hududlarida qo’llanadigan maz- kur tillarning eng yirigi xausa bo’lib, u qabila va elatlararo aloqa vositasi ham hisoblanadi (unda 30 mln. dan ortiq kishi so’zlashadi). Umuman, Chad tillari- da 40 mln.ga yaqin kishi so’zlashadi. Mazkur tasnif bir kadar nisbiydir, chunki mazkur tillar paydo bo’lish dav- ri, o’zaro yaqin aloqalarning yo’qolishi, turli sabablar bilan boshqa tillar qurshovi va ta’sirida qolishi tufay- li birbirlaridan ancha uzokdashib ket- ganlar. Olib borilgan qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar faqat 1000 ga yaqin so’z o’zaklarining S.h.t. uchun umumiy bo’la olishini ko’rsatgan. Hoz. kunda «somhom tillari» yoki «Homsom tillari» (ri – voyatlarga ko’ra, Nug’alayhissalomning o’g’illari hom va som nomidan) termi- ni umumiy tilshunoslikda eskirgan hisoblanib, uning o’rnida «Afroosiyo tillari» («Afrikaosiyo tillari») ter- mini qo’llanmoqda. S.h.t. ning boshqa Xu- susiyatlari haqida tegishli maqolalarda ma’lumot berilgan (q. Arab tili, Amxa- ra tili, barbar tili, ivrit, kushit til- lari, Misr tili, Oromo tili, Somali tili, xausa). Ad.: Dyakonov I. M., Semitoxamit- skie yaziki, M., 1965; Porxomovskiy V. Ya., Afraziyskie yaziki. V kn.: Sravni- Telno Istoricheskoe Izuchenie Yazikov raznix Semey. Zadachi i perspektivi, M., 1982. Abduvahob Madvaliev.