Singapur

Singapur (Singapore), Singapur Respublikasi (ing. Republic of Singapore, malayyacha Repablic Singapura) — Jan. Sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur o. va unga tutash mayda orollar hamda Malakka ya.o.ning Janubiy chekkasida joylashtan. Mayd. 640 km2. Aholisi 4,45 mln. Kishi (2002). Poytaxti — Singapur sh. Davlat tuzumi. S. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi Konsti- tusiyasi 1963 y. kabul qilingan (keyin- chalik tuzatishlar kiritilgan). Dashtat boshlig’i — prezident (1999 y.dan S. R. Natan), u umumiy to’g’ri ovoz berish yo’li b-n aholi tomonidan 6 y. muddatga say- lanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament, ijrochi hokimiyatni bosh va- zir boshchiligidagi hukumat amalga oshi- radi. Tabiati. Singapur o. Joxor bo’g’ozi orqali Malakka ya.o.dan, Malakka va Singapur bo’g’ozlari orqali Indoneziya o.laridan ajralib turadi. Sohillari paettekislik, bir oz botqoqlashgan, Jan. g’arbiy sohillarida marjon riflari bor. Relefi tekislik (bal. 176 m gacha). Iklimi ekvatorial, mussonli. O’rtacha tra yanv.da 26°, iyudda 27°. Yillik yog’in 2500 mm. Katta daryosi — Singapur. Ichimlik suv etishmaydi, u Malayzi- yadan keltiriladi. Ko’pgina mayda Orol- larda odam yashamaydi, ularda tropic o’simliklar sakdanib qolgan. Ayrim sohillari mangrozorlar b-n band. Aholisining ko’pchiligi xitoylar (76%). Malayyalar (14%), Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Shri Lankadan kelganlar (7%), evropaliklar va b. yashaydi. Rasmiy tillar — Xitoy, in- gliz, Malayya, Tamil tillari. Dindor- lari buddaviylik. konfutsiylik, is- lom, hinduiylik, xristian dinlariga e’tiqod qiladi. Tarixi. S.ning ilk tarixi ma’lum emas. 14-a.ga oid Xitoy va Yava yilnoma- larida bu Orol Tumasik (yavacha «masek» — dengiz) deb atalgan. 1275 y. S.ga Yava qiroli Kertanagar qo’shinlari, 1349 y. Siyom harbiy kemalari hujum qilgan. 1377 y.dan Orol Yavaga karam bo’lgan, 15-a. boshlarida esa tan davlatining qiroli Sukotan o’zini Singapur, Malakka va Malayya hukmdori deb yuritgan, so’ng Joxor sultonligi kuliga o’tgan. 1819 y. Orol inglizlarning Ost-Indiya kompa- niyasiga qaram bo’lib qolgan. 1826-1946 ylarda S. — StreytsSetlments tarki- bidagi ingliz mustamlakasi. 2-jahon urushi vaqtida S.ni yapon qo’shinlari egallab turgan (1942— 45). 1959 y.dan Hamdo’stlik tarkibidagi «o’zini o’zi boshqaruvchi davlat». 1963-65 y.larda Malayziya Federasiyasi tarkibiga kir- Di. 1965 y. 9 avg.da undan ajrab chiqib, alohida mustaqil respublikaga aylandi. 1965 y. sentdan BMT a’zosi. O’zR suvere- nitetini 1992 y. 2 yanv.da tan olgan, 1997 y. 8 apr.da diplomatiya munosabatlarini o’rnatgan. Milliy bayrami — 9 avg. — Milliy kun (1965). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma tashkilotlari. S. demokratik partiyasi, 1980 y. tuzilgan; S. xalq partiyasi, 1994 y. tashkil etilgan; xal k, harakati par- tiyasi, 1954 y. asos solingan; ishchi par- tiyasi, 1957 y. guzilgan; Birlashgan xalq fronti. 1974 y. 5 iartiyaning qushilishi natijasida tashkil topgan. Kasaba uyush- malari milliy Kongressi, 1961 ii. Asos solingan. Xo’jaligi. S. — Jan.Sharqiy Osiyo- da iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat- ning ulushi 28%, transport va alokaning ulushi 13,1%, q.x. ulushi 0,2%. Sanoatining etakchi tarmoklari — aniq mashinasozlik, elektronika, elek- trotexnika, optika, keng iste’mol mol- lari va murakkab apparatlar (shu jumla- dan, kosmik tadqiqotlar uchun eksportga mo’ljallangan apparatlar) i.ch.ga ixti- soslashgan. Chetdan keltiriladigan xom ashyo asosida neftni qayta ishlash sano- ati rivojlangan. S. zavodlari yiliga 50 mln. tonna neftni qayta ishlash imkoni- yatiga ega. Kemasozlik, kema ta’mirlash, samolyotsozlik, metallurgiya, kimyo, turli asbobuskuna i.ch., yog’ochsozlik, qurilish materiallari, to’qimachilik, rezina, ko’npoyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yi- liga 20,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markaz- lari — Singapur. Jurong. Qishloq xo’jaligi. Ekin ekiladigan er kamligi sababli q.x. unchalik rivoj- lanmagan va mamlakatning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirmaydi. Mam- lakat hududining 20% ga ekin ekiladi. Asosan, shahar axoliey uchun sabzavot va meva, ziravor, tamaki, kokos palma- si etishtiriladi. Cho’chqa va parranda boqiladi. Baliq ovlash va dengiz ovchi- ligi b-n shugullaniladi. T.y. uzunligi -83 km, avtomobil yo’llari — 3 ming km. Dengiz portlari — Singapur, Ju- Rong. Singapur sh. yaqinida xalqaro Aero- port bor. Tashqi savdosida qayta eks- port qilish katta o’rin olgan. Xorijiy sayyoxdik rivojlangan. Chetga mashina va asbobuskuna (tashkiliy texnika, telera- dioapparatlar), neft mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan turli xom ashyo, oziq ovqat keltiradi. AQSh, Malayziya, Yapo- niya, O’zbekiston b-n savdo qiladi (2002 y.da O’zbekiston b-n tovar aylanmasi hajmi 13,6 mln. AQSh dollarini tash- kil qildi). Pul birligi — Singapur dollari. Tibbiy xizmati, maorifi, il- miy-ma’rifiy muassasalari va madani- yati. S.da davlatga karashli tibbiy muas- sasalar b-n birga xususiy shifoxonalar xam bor. Vrach va farmasevtlar un-tning tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika ftlarida tayyorlanadi. 6 yoshdan 14 yoshga- cha bo’lgan bolalarning o’qishi majburiy. Boshlang’ich maktabda o’qish muddati 6 i., o’rta maktabda 6 y. (3+3). Maktablarning bir qismi davlatga qarashli, qolgan qismi xususiy bo’lib, davlat o’rta makta- blarida pul to’lab o’qiladi. Dare, asosan, ingliz tilida olib boriladi, Xitoy, ma- layya, Tamil tillari ham o’qitiladi. Tur- li kasblarni o’rgatuvchi hunartexnika ta’limi tizimi mavjud. 1980 y.da na- Nyan va Singapur un-tlari negizida Milliy un-t tashkil etildi. Politex- Nika inti, texnika va ped. Kollejlari ham bor. Kutubxonalari: Milliy ku- tubxona, S. Milliy un-ti kutubxonasi, Texnika kolleji kutubxonasi; Milliy muzey (1848-49), badiiy muzey va ga- lereya (1955) mavjud. Ilmiy ishlar oliy o’quv yurtlari huzuridagi jamiyatlarda, mintaqaviy i.t. muassasalarida, dengiz jonivorlari biol.sini o’rganish marka- zida, Jan.Sharqiy Osiyoni o’rganish in- tida olib boriladi. Singapur sh.da 19-a. ga xos eklektika inshootlari ko’proq uchraydi. Uning evropacha qismida za- monaviy me’morlik namunalari, Xitoy dahasida tor ko’chalar va kam qavatli uy- lar, Malayya dahasida qoziqlar ustiga o’rnatilgan turar joy va machitlar bor. S. musiqiy madaniyatida malayyalarnnt an’anaviy san’ati (dondang sayeng ashu- la uslubi, jotet raqsi va b.) b-n bir qatorda hind va Xitoy qushiqraqs uslu- blari ham urf bo’lgan. 60y.lar oxiri- dan buen san’at festivallari o’tkazib kelinadi. Musiqa arboblari orasida — skripkachi va pedagog Go Sun Te, an’- anaviy musika kompozitorlari Navarro Xoo, Nikolas Sat, Toni Leong va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. S.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Asospylari: «Beri- ta Xarian» («kundalik yangiliklar», ma- layya tilidagi kundalik gaz., 1957 y.dan), «Biznes tayme» («ishbilarmonlar vaqti», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1976 y.dan), «Lyanxe van Bao» («bir- lashgan kechki gazeta», Xitoy tilidagi kechki kundalik gaz., 1983 y.dan), «Lyan- Xe Szao Bao» («Birlashgan tonggi gaze- ta», Xitoy tilidagi kundalik gaz., 1983 y.dan), «Singapur biznes» («Singapur biznesi», ingliz tilidagi oylik jur., 1977 y.dan). Milliy axborot agentligi yo’q. «Singapur Interneshnl media», S. radiosi (1936), S. televideniesi (1963) kabi radio va teleko’rsatuv hukumat xiz- mati mavjud.