SEYSHEL OROLLARI

SEYSHEL OROLLARI (Seychelles), Seyshel Orollari Respu- blikasi (Republic of Seychelles) — Hind okeanida, Afrikaning Sharqiy sohili yaqinidagi Seyshel va Amirant o.lari, Aldabra, Farkuar va b. orollarda joy- lashgan davlat. Mayd. 405 km2. Aholisi 80,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Vik- toriya sh. (Mae o.da). Davlat tuzumi. So. — Respubli- ka. Amaldagi Konstitusiyasi 1993 y. 18 iyunda ma’qullangan va unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiradi. Davlat boshlig’i — president (1977 y.dan Frans Alber Rene), u to’g’ri umumiy saylov yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Majlis, ijrochi hokimiyatni prezident b-n hukumat amalga oshiradi. Tabiati. S.O. materikdan, ayrimla- ri marjonlardan hosil bo’lgan. Eng bal. joyi 905 m (Mae o.da). Yirik orollari — Mae, Siluet, Praslen, Ladig. Iqlimi subekvatorial, dengiz iqlimi. O’rtacha oylik tra 26-28°. Yillik yog’in 4000 mm gacha (asosan, ezda). Marjon orolla- ri tarkibidagi ohaktoshlar namni o’zida saqlamaydi, shu sababli ularni xo’jalik jihatidan o’zlashtirib bo’lmaydi. Yi- rik orollarning ichki hududlarida doim yashil tropik o’rmonlar saqlanib qolgan, ularda faqat mahalliy jaydari o’simliklar (jumladan, Seyshel palma- sining qad. turi) o’sadi. Bahaybat fil- Simon toshbaqa va qush ko’p. Aldabra, Kuzen va b. rezervatlar, SentAnn dengiz milliy bog’i bor. Aholisining aksariyati Seyshelli- klar yoki kreollar (asosan, ko’chib kelgan frantsuzlar va afrikalik qullarning avlodlari, umumiy soni 65 ming kishi); hindlar, malagasilar, xitoylar, ingliz- lar ham yashaydi. Rasmiy tillar — kreol, ingliz va frantsuz tillari. Aholining 90% xristiankatolik, qolganlari — musulmon, hindular va konfutsiychilar. Shahar aholisi 55,3%. Tarixi. S.O. qad. Arab va hind dengiz sayyoxlariga ma’lum bo’lgan. 1609 y. bu orollarga ingliz dengiz sayyohlari ke- lib tushgan. 18-a. o’rtalarida frantsuzlar bosib olib, Frantsiya moliya vaziri Moro de Seshell nomi b-n atashgan. 1794 y. uni inglizlar egallab olgan. 1903 y.dan Buyuk Britaniya mustamlakasi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi tinim- siz kurash olib bordi. 20-a. o’rtalarida siyosiy partiya va kasaba uyushmalari tu- zildi, ular xalqning ozodlik yo’lidagi kurashiga boshchilik qildi. 1970 i. S.O.ga ichki muxtoriyat berilib, qonun chiqaruvchi Assambleya tuzildi, 1976 y. 29 iyunda mustaqillikka erishdi. So. 1976 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 18 iyun — millat kuni (1993). Siyosiy partiyalari va kasaba uyush- malari. Demokratiyu partiya, 1992 y. tu- zilgan; Seyshel xalqi taraqqiyot fron- ti, 1978 y. tashkil etilgan; Seyshel milliy partiyasi, 1993 y. asos solingan. Seyshel ishchilari Ittifoqi Federasi- yasi kasaba uyushma birlashmasi, 1978 y. tuzilgan. Xujaligi. So. — agrar mamlakat. Baliq ovlash va xorijiy sayyohlik muhim ahamiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va o’rmon xo’jaligi, baliq ovlash ulushi 4,1%, sayyohlik ulushi 12,3%, sa- noat va kurilishning ulushi 20,5%. Q.x. mamlakat iqtisodiyotining asosini tash- kil etadi. Kokos palmasi, kofe, tamaki, meva, sabzavot, moyli ekinlar, ziravor- lar, choy etishtiriladi. Qoramol, cho’chqa boqiladi. Kopra va vanilni qayta ish- laydigan, efirli moylar, kokos tolasi- dan turli buyumlar, sovun ishlab chikara- digan va choy qadoqlaydigan kichik korxo- nalar, yog’och tilish z-Di, bir kancha oziq- ovqat korxonalari bor. Yiliga o’rtacha 126 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. T.y. yo’q. Avtomobil yo’llari uz. 345 km. Orollar orasida mahalliy ke- malar qatnaydi. Mae o.da xalqaro Aero- port bor. So. chetga kopra, shuningdek, dolchin yog’i va dolchin, vanil, muzlatil- gan va konservalangan baliq, toshbaqa kosasi, granit chiqaradi, chetdan sanoat mollari, oziq-ovqat oladi. AQSh, Fran- tsiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, JAR, Yapo- niya, Singapur b-n savdo qiladi. Pul birligi — Seyshel rupiyasi. Maorifi. Xalq ta’limi tizimi in- gliz, qisman frantsuz tizimlari ta’- sirida shakllangan. 1980 y. 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majbu- riy 9 y.lik ta’lim joriy etilgan, u 6 y.lik boshlang’ich va 3 y.lik to’liqsiz o’rta maktabni o’z ichiga oladi. Zamona- viy ta’lim tizimi 6 y.lik boshlang’ich, 3 y.lik to’liqsiz o’rta va 2 y.lik to’liqo’rta maktabdan iborat. To’liqo’rta MAK- tabda o’quvchilar ilmiy bilimlarni o’rganishdan tashqari unumli mehnat b-n ham shug’ullanadi. To’liq o’rta maktab ne- gizida ped. kolleji, 9 y.lik majburiy maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari ishlaydi. Yoshlar oliy ta’limni chet ellarda oladilar. Matbuoti, radio- eshittirishi va teleko’rsatuvi. Gaz. Va jur.lari: «Neyshn» («millat», kreol, frantsuz va ingliz tillarida chiqadigan hukumat gaz.), «Ofishl gazett» («rasmiy gazeta», hukumat xabarnomasi), «Pipl» («Xalq», kreol, frantsuz va ingliz tilla- rida nashr etiladigan oylik jur.), «Eko dez il» («orollar aks sadosi», frantsuz, kreol va ingliz tillarida chiqadigan Di- niy jur.). Seyshel matbuot agentligi, milliy axborot agentligi, 1979 y. tuzil- gan. 1941 y.dan ingliz, frantsuz va kreol tillarida radioeshittirish olib bori- ladi. Hukumat nazoratidagi Seyshel ra- dio va televideniesi xizmati 1983 y.da tuzilgan.