San-Tome va prinsipi
San-Tome va prinsipi (Sao Tome e Principe), SanTome va prinsipi Demokratik Respublikasi (Republica Demokratica de Sao Tome e Principe) — Gvineya qo’ltig’idagi SanTome va prin- Sipi o.lari va ularga yondosh mayda Orol- larda joylashgan davlat. Afrika g’arbiy sohili yaqinida. Mayd. 964 km2. Aholisi 170,4 ming kishi (2002). Poytaxti — SanTome sh. Ma’muriy jihatdan 7 okrug (distrito)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. S.T. va P. — Respu- blika. Amaldagi Konstitusiyasi 1990 y.da qabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident (2001 y.dan F.B. Melu de Me- nezesh), u umumiy to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi va yana bir marta kayta saylanishi mum- kin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament — Milliy Majlis va ijrochi hokimiyatni prezident tay- inlaydigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Orollar vulkan faoliyati na- tijasida hosil bo’lgan. Eng baland joyi Pikodetome — 2024 m (SanTome o.da). Iqlimi SanTome o.da tropik (quruq va yomgir mavsumlari b-n). Prinsipi o.da ekvatorial, doim nam. O’rtacha oylik tra 23-27°. Yillik yog’in 1000-3000 mm gacha. Deyarli yil bo’yi yomg’ir yog’ib tura- Di. Nam tropik o’rmonlar va mangro chaka- lakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, turli qushlar, kaltakesak, buqalamun, ilonlar uchraydi. Dengizda baliq, Qisqichbaqa, krevetka, langust, ustrisa kabilar bor. Aholisi, asosan, santomeliklar bo’lib, ular Afrikadagi bantu tilida so’zlashuvchi turli xalqlar (ovimbun- du, ambundu va b.)ning o’zaro va qisman portugallar b-n chatishuvi natijasida hosil bo’lgan. Portugallar ham yashaydi. Rasmiy til — portugal tili. Dindor- larning 90% ga yaqini xristian (Kato- lik)lar, shuningdek, musulmonlar va an’anaviy dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor. Shahar aholisi 44,1%. Muhim shaharlari: SanTome, SantuAntonyu, PortuAlegri, RibeyraAfonsu. Tarixi. 1470-71 y.larda SanTome o.lariga portugal dengiz sayyohlari ke- lib, bu erlarni Portugaliya mulki, deb e’lon qildilar. 1485 y. dan odamlar ko’chib kela boshladi. Ular Evropadan surgun qilingan portugallar va Afri- Kalik qullar edi. 16-a. boshlarida qalin o’rmonlar kesilib, shakarqamishzorlar barpo etishga kirishiddi. Asr oxiriga borib shakar eksport qilishda SanTome Afrikada birinchi o’ringa chiqdi. 1517 y. va undan keyingi yillardagi qullar qo’zg’oloni natijasida 16-a. oxirida Amador boshchiligida qullar davla- ti qisqa muddat mavjud bo’ldi. 1735 y. Prinsipi o. ham Portugaliya imperiya- siga qo’shib olindi. 18-19-a.larda S.T. va P. orollarida qullar kuchi b-n kofe va kakao plantasiyalari barpo etildi. 1951 y. Portugaliya S.T. va P.ni o’zining den- giz orti viloyati deb e’lon qildi. 1953 y. mahalliy aholi qo’zg’olon ko’tardi («ba- tep qo’zg’oloni»), biroq u shafqatsizlik b-n bostirildi. 1960 y. muhojirlikda S.T. va P.ni ozod qilish qo’mitasi (1972 y.dan S.T. va P. ni ozod qilish harakati) tuzildi va u mustaqillik uchun kurash boshladi. 1972 y. Portugaliya S.T. va P. ga mahalliy muxtoriyat maqomini berdi. S.T. va P. 1975 y. 12 iyuldan mustakil re- spublika, 1975 y.dan BMT a’zosi. Mil- liy bayrami — 12 iyul — Mustaqillik kuni (1975). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- si. S.T. va P. ni ozod qilish harakati — Sosialdemokratik partiya, 1960 y. asos solingan; mustakil demokratik harakat partiyasi, 1992 y. tuzilgan; demokratik konvergentsiya partiyasi — «mushohada» guruhi, 1990 y. tashkil etilgan. S.T. va P. mehnatkashlar milliy tashkiloti ka- saba uyushmasi, 1989 y. tuzilgan. Xo’jaligi. S.T. va P. — iqtisodiy jihatdan zaif, agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini q.x. tashkil etadi. Eksport uchun kakao, kofe, moyli va kokos palmalari, banan etishtiri- ladi. Ichki ehtiyoj uchun tariq, maniok, makkajo’xori, yams ekiladi. Chorvachilik sust rivojlangan (qoramol, cho’chqa, qo’y, echki, xonaki parranda boqiladi). Den- gizdan baliq, toshbaqa va b. hayvonlar ovlanadi. Sanoati q.x. xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydigan, ohak va Alko- golsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan hamda yog’ochsozlik korxonalaridan ibo- rat. Keramika va g’isht z-dlari, tikuvchi- lik f-kasi ham qurilgan. S.T. va P. da tor izli t.y. va aeroport bor. Asosiy dengiz portlari: SanTome, SantuAntonyu va PortuAlegri. Chetga q.x. mahsulotlari chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va neft mahsulotlari, tsement, avtomobil va b. sanoat mollari keltiradi. Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya, AQSh, GFR, An- gola b-n savdo qiladi. Pul birligi — dobra. Maorifi. 6-12 yoshdagi bolalarning o’qishi majburiy. Davlat qaramog’idagi o’quv yurtlaridan tashqari xususiy va diniy maktablar ham bor. Boshlang’ich maktab 4 y.lik, o’rta maktab 7 y.lik. Oxirgi 2 y.da bolalar chet el oliy o’quv yurtlariga kirishga tayyorlanadi. Dars- lar portugal tilida olib boriladi. Hunar ta’limi boshlang’ich yoki to’liqsiz o’rta maktab negizida 5-6 y. davomida amalga oshiriladi. Boshlang’ich maktab o’qituvchilari ped. o’quv yurtlarida, urga maktab o’qituvchilari chet ellarda tayyor- lanadi. Vrachlar chet ellardagi oliy o’quv yurtlarida tayyorlanadi. Milliy tarix muzeyi (1976) va o’lkashunoslik muzeyi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Asosiy gaz.lari: «Diariu da Respublika» («Respublika gazetasi», hukumat haftanomasi, 1836 y. dan), «La- bor» («mexnat», oyiga 2 marta chiqadigan gaz., 1990 y. dan), «Notisiash» («yangili- klar», hukumat nashr etadigan gaz., 1991 y. dan). STP Press axborot agentligi 1985 y. tuzilgan. S.T. va P. televideni- esi, hukumat teleko’rsatuvi. Adabiyoti. Garchi forro deb ataluvchi mahalliy kreol tili mavjud bo’lsa ham, adabiyot portugal tilida 19-a.ning 2-yar- mida yuzaga keldi. She’riyatning asoschi- si — K. da Koshta Alegri. Uning «She’- rlar» kitobida irqiy xurofotlardan no- rozilik goyalari aks etgan, «qora dunyo» qadriyatlari madh qilingan. F.J.V. Ten- reyru bu mavzularni rivojlantirdi. 20- a. ning 50—60y.larida adabiyotga kirib kelgan shoirlar A. du Espiritu va A. T. Medeyrush milliy ozodlik harakatida faol ishtirok etdilar. Ular o’z ijodi- da xalq og’zaki ijodi an’analarini za- monaviy badiiy ifoda shakllari b-n qo’shishga intildilar. Asr oxirlarida yaratilgan hikoya, qissa, roman va pesa- lar xalq hayotini aks ettirdi (F. Reysh- ning «plantasiya» romani, «Qog’ozboy to’ra» pesasi va b. asarlar).