Sankt-Peterburg
Sankt-Peterburg (Peterburg) (1914-24 y.larda Petrograd, 1924-91 y.larda Leningrad) — RFdagi shahar, Leningrad viloyati markazi, Fede- ral ahamiyatga ega shahar. Rossiyaning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markaz- laridan biri, mamlakatning eng yirik transport tuguni. T.y. va avtovokzal- lar, xalqaro aeroport bor, dengiz por- ti, qahramon shahar, Volga — Baltiysk suv yo’lining oxirgi punkti. Neva bo’yi pasttekisligining g’arbiy qismida, Fin qo’ltig’iga Neva daryosi quyiladigan erda va Neva deltasidagi 42 orolda joy- lashgan. Iklimi dengiz iqlimi, qishi yumshoq, yozi nisbatan salqin, obhavosi o’zgaruvchan. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -7,9°, iyulniki 17,7°. Yillik yog’in 585 mm. Yozning 1-yarmida «oqtunlar» hodisasi kuzatiladi. S.P. hududi 570 km2 (Sankt-Peterburg shahar ma’muri- yatiga qarashli shaharlar va shaharchalar hududi b-n birga 1350 km2dan ziyod). Aholisi 4188,6 ming kishi (S.P. Shahar ma’muriyatiga qarashli aholi punktla- ribn 4748,5 ming kishi, 1998). Shahar che- garasi doirasida 40 dan ziyod dare va 20 dan ziyod kanal mavjud (umumiy uz. 160 km dan ortiq). Neva daryosining Shahar hududidagi eni 340-650 m, chuq. 14-23 m. S.P. hududining ancha qismi dengiz sathidan 1,2—3 m dan baland bo’lmagan tepaliklarda joylashgan. Shu bois sha- Xarning bu tumanlarida, asosan, Fin qo’ltig’ining Sharqiy qismida shamol ta’sirida suv bosishi xavfi bor. S.P.ni suv bosishidan himoyalash uchun Neva va Fin qo’ltiqlari chegarasida 1980-90 y.larda gidrotexnik majmua qurilgan. S.P. joylashgan hudud 9-10-a.lar- da novgorodliklarga qarashli (13-a.dan Ijora eri nomi b-n mashhur) bo’lgan. 15-a.da S.P. o’rnida Novgorod Respubli- kasiga qarashli qishloqlar joylashgan. 1478 y.da rus davlati tarkibida. 17-a. boshlarida shvedlar Neva sohillarini ishg’ol qilib, Oxta daryosining quyilish joyida Nienshans qal’asini bunyod et- dilar. Rus qo’shinlari 1703 1(12) mayda bu kal’ani ishg’ol qildilar va 16 (27) mayda Pyotr I Zayachiy o.da Sanktpiter- Burx (keyinroq Petropavlovsk) kal’asi- ga asos soldi. 1703-04 y.larda Kotlin o.da Kronshlot qal’asi bunyod etilgan (1723 y.dan Kronshtadt). 1704 y. Neva- ning chap sohilida Bosh Admiralteystvo- ga asos solindi. 1705 y.da uning atrofi- da Admiralteystvo qal’asi qad ko’tardi. S.P.ga asos solinishi Rossiyaning Boltiq dengiziga va u orqali Evropaga chiqish uchun olib borgan kup yillik ku- rashi samarasi bo’ldi. Shahar sanoat Mar- kazi sifatida tez o’sdi. 18-a. oxiridayoq shaharda 160 sanoat korxonasi bor edi. 1708 y.dan S.P. Ingermanland, 1710 y.dan S.P. gubernyasi markazi. 1712-28 va 1732-1918 y.larda — Rossiya poytax- ti. Bu erda podsho saroyi (1712 y.dan), Senat (1713 y.dan), kollegiyalar (1718 y.dan; 1802 y.dan vazirliklar) va b. dav- lat muassasalari joylashgan. Shahar mamlakatning siyosiy, sanoat, ilmiy va madaniy markazi sifatida ri- vojlandi. 1710 y.da troisa va Muqaddas Aleksandr Nevskiy monastiriga asos solindi (1797 y.dan Aleksandr Nevskiy lavrasi). 1712-13 y.larda Rossiya im- peratorlarining xilxonasiga aylangan Petropavlovsk sobori kurildi. 1711 y.da Rossiyadagi birinchi hukumat bos- maxonasi ochiddi. 1714 y.da Pyotr I ning shaxsiy kollektsiyasi asosida Rossiyadagi birinchi muzey — Kunstkamera faoliyat ko’rsata boshladi. 1725 y.da mamlakat- ning bosh ilmiy markazi Peterburg FA ta’sis qilindi. 1756 y.da Rossiyadagi birinchi doimiy, ommaviy teatr tashkil etildi. 1757 y.da Rossiya tasviriy san’- atining taraqqiyotida katta mavqega ega bo’lgan Peterburg tasviriy san’at akade- miyasiga asos solindi. 18-a. o’rtalarida Smolniy monastiri ansambli, kishki saroy qad ko’tardi. 1814 y.da mamlakat- da birinchi bo’lgan jamoat kutubxonasi (hoz. Rossiya milliy kutubxonasi) Ochil- gan. 19-a.da va 20-a. boshlarida S.P. — siyosiyjamoat tashkilotlari va harakatlarining bosh markazi. 1825 y. 14 dek. da shaharning Senat maydonida podsho hukumatiga qarshi qaratilgan bi- rinchi qurolli chiqish — dekabristlar qo’zg’oloni bo’lib o’tdi. 1881 y. 1 mart- da «Narodnaya Volya» terrorchilari to- monidan imperator Aleksandr II otib o’ldirildi. 1905 y. 9 yanv.da xalq na- moyishi qatnashchilari otib tashlandi. 1-jahon urushi boshlanishidan keyin 1914 y.ning 1 avg.da shaharga yangi «Pe- trograd» nomi berildi. 1917 y.da Pe- trogradsa fevral inqilobi va oktyabr to’ntarishi sodir bo’ldi. Chor hukumati ag’darilgandan keyin shaharda Rossiya Vaqtli hukumati organlari joylash- gan. 1917 y. okt.da Petrogradda sho’rolar hokimiyati o’rnatildi. 1918 y.dan poy- taxt Moskvaga o’tkazilishi b-n Shahar o’z mavqei bo’yicha mamlakatning 2shaxri bo’lib qoddi. 1924-91 y.larda Lenin- grad deb yuritildi. 1927 y.dan Lenin- grad viloyati markazi, 2-jahon urushi yillarida shahar nemis fashistlari va fin qo’shinlari tomonidan qamalda bo’ldi (1941 y. 8 sent. 1944 y. 27 yanv.). Urush davrida Leningrad og’ir talafot ko’rdi. Rasmiy ma’lumotlar bo’yicha och- likdan 641 ming (tarixchilar hisobi bo’yicha 800 mingga yaqin) Leningrad- lik halok bo’dtsi 1945 y.da Leningradga «Qaxramon shahar» unvoni beriddi. 1991 y.da shahar qaytadan o’zining ta- rixiy «Sankt-Peterburg» nomi b-n atal- Di. S.P. — yirik mashinasozlik va fan- texnika b-n bog’liq sanoat tarmoklari markazi (kemasozlik, energomashinasoz- lik, priborsozlik, radioelektronika va mudofaa b-n bog’liq sanoat korxonalari mavjud); qora va rangli metallurgiya, kimyo, engil, oziq-ovqat, poligrafiya sa- noatlari bor. 1955 y.dan metropolitan ishlaydi. S.P.da Rossiya faning ilmiy marka- zi, ko’p sonli ilmiy tadqiqot intlari, 43 oliy o’quv yurti (shu jumladan, un- tlar, konservatoriya faoliyat) ko’rsatadi. Shaharda 20 teatr (shu jumladan, Ma- riinskiy, M. P. Musorgskiy nomidagi opera va balet teatrlari, katta dramatic teatr va b.), filarmoniya, tsirk, 47 muzey (shu jumladan, Ermitaj, rus muzeyi, Sankt-Peterburg tarixi muzeyi, Rossiya Faning Buyuk Pyotr nomidagi antropolo- giya va etnografiya muzeylari) ishlab tu- ribdi. S.P.da 18-19 a.larga oid me’mo- riy ansambllar: Petropavlovsk qal’asi majmuasi, Aleksandr Nevskiy lavrasi, Smolniy, Vasiliy oroli yoyi (birja binosi b-n birga), qishki saroy, Alek- sandr ustuni va Bosh shtab arkasi b-n bir- ga saroy maydoni, Pyotr I ga o’rnatilgan haykal va Isaakievskiy sobor b-n birga Dekabristlar (avvalgi Senat) maydoni; Nevskiy prospekt ansambli: Kozon sobo- ri, me’mor Rossi ko’chasi b-n birga Rossiya akademik drama teatri va Rossiya milliy kutubxonasi, Mars maydoni, yozgi bog’va muhandislik qasri mavjud. Klassisizm va ampir uslubida qurilgan yodgorli- klardan: tasviriy san’at akademiyasi, Konchilik inti, Narva darvozalari bino- lari, ko’priklar saqlangan. 1960 y.da Pi- skaryov qabristonida me’moriymemorial majmua bunyod etildi. S.P. atrofida: Petrodvores (Petergof), Pushkin (Tsar- skoe Selo), Pavlovsk, Gatchinada saroy- Park ansambllari (18— 19-a.lar) bor. S.P. — Rossiya va xalqaro turizmning muhim markazi. 2003 y.da S.P.ning 300 y.lik yubileyi keng nishonlandi.