Sun’iy tillar
Sun’iy tillar — muayyan maqsadni ko’zlab yaratiladigan va tabi- iy tillarning o’rinbosari sifatida qo’llanadigan tillar. S.t. maxsuslashu- VI mo’ljaliga qarab, shuningdek, tabiiy tillar bilan o’xshashlik darajasiga ko’ra farklanadi: xalqaro yordamchi tillar, matematik yordamchi tillar, Informasi- on tillar. Xalqaro yordamchi tillar tabi- iy tillar bilan yuqori darajada o’xshash bo’lgan, umumiste’molga mo’ljallangan, maxsuslashmagan tillardir. Xalqaro muomala vositasi sifatida S.t. yaratish g’oyasi frantsuz olimi R. Dekart va nemis olimi g.Leybnisga tegishlidir. Bular tushunchalarning mantiqiy tasnifiga ta- yanuvchi rasional til loyihalari bo’lgan. 17-20-a.larda bunday tillarning 1000 ga yaqin loyihasi yaratilgan bo’lsada, ularning ayrimlarigina (volapyuk, esperanto, ido, interlingva) amalda qo’llangan. S.t. aprior (tabiiy tillarga bog’liq bo’lmagan), aposterior (tabiiy tillarning matyorialini o’zlashtirgan) va aprioraposterior (aralash) tillar- ga bo’linadi. Xalqaro muomalaga kirgan dastlabki S.t. volapyuk (ing. world va speak so’zlarining fonetik o’zgarishidan: volapiik — «jahon tili») aralash S.t. bo’lib, 1879 y.da Germaniyada I.M. Shley- xer tomonidan yaratilgan. Aposterior S.t. dan esperanto 1887 y.da Polsha- da varshavalik vrach L.L.Zamengof to- monidan yaratilgan. Ido, interlingva, oktsidental ham aposterior S.t. larga mansubdir, ya’ni ularning yaratilishida baynalmilal leksikadan unumli foyda- lanilgan. Matematik yordamchi tillar, boshqacha aytganda, turli mo’ljaldagi maxsus st., asosan, mat. mantiq, lingvistika, kimyo, fizika va b. fanlarning ramziy (RAM- zlarga asoslangan) tillaridir. Bunday tillarning yaratilishi ham o’z tarixiy bosqichlariga ega: matematik ifodalar- dagi harfiy ramzlar Evropada 16-a.dan qo’llangan; matematik mantiq tili 19— 20-a.larda, tilshunoslikning ramziy til unsurlari o’tgan asrning 20— 40y.lari- da paydo bo’lgan. Informasion tillar, ya’ni inson- mashina muomalasiga asoslangan tillar o’tgan asrning 40y.larida, EHMning paydo bo’lishi bilan bir davrda shaklla- na va rivojlana boshlagan (q. Informa- tsion tillar). Ba’zan «S.t.»termini shakllani- shi va rivojlanishiga insonning ongli ta’siri yuqori darajada bo’lgan tabiiy tillarning kichik tizimlariga nisbatan ham qo’llanadi. Mac, laxja va shevalarga nisbatan adabiy tillar, umumxalq ti- liga nisbatan xunarmandlar va maxsus guruhlar tillari S.t. hisoblanadi. S.t. ni har ikki ma’noda o’rganish tilning sistemaviylik, kommuni- kativlik, yaroqlilik, barqarorlik va o’zgaruvchanlik kabi xususiyatlari haqidagi, shuningdek, insonning tilga ongli ta’siri chegaralari haqidagi naza- riy tasavvurlarni kengaytiradi. Abduvahob Madvaliev.