Sayfi

Sayfi Qudash (taxallusi; asl ism-sharifi Qudashev Sayfi Fattaxo- VICh) [1894.21.9 (3.10) Boshqirdiston Respublikasi, chishma tumani Klyashevo qishlog’i -1994] — Boshqirdiston xalq shoiri (1964). Ufadagi «Oliya» madrasa- sida tahsil kurgan. So’ng Qozog’istonda o’qituvchi bo’lib ishlagan. Ijodi 1913 y.dan boshlangan. Dastlabki she’rlari- da boshqird xalqi chekkan azobuqubatlar tufayli mustamlakachilarning zulm va zo’ravonligiga qarshi norozilik («Men yashagan muhit», «dunyo», «ka- Chon tugaydi?»va b.), haqsizhuquqsiz xotin-qizlar qismatiga xayrixohlik («Salima», «bechora Muslima» va b.) ohanglari o’z ifodasini topgan. «Ozod- lik qo’shig’i» (1917), «omoch qo’shig’i» (1926), «kurash qahramoni» (1928), «Respublika kuylaydi» (1940), «chin qalbdan» (1944), «sevgim» (1956), «Yaproqlar to’kilganda» (1960), «Me- ning bog’chamda» (1964), «she’rlar» (1974) singari hayotsevarlik g’oyalari b-n sug’orilgan she’riy to’plamlar, boshqird xalqining sovet davridagi hayotini tas- virlashga bag’ishlangan «chamanzorda» nida» (1920), «xat» (1930) dostonlari, «Qo’shqayin» (1936) she’riy romani va «Yoshlik izidan» (1964) xotiralar Kito- bi muallifi. «Bahorni qarshilaganda» tarixiy biografik qissasi (1954) A. To’qay va M. G’afuriyning do’stligi ta- rixiga bag’ishlangan. «Xotirga kelgan daqiqalar» kitobi (1957) ushbu qissaning davomi bo’lib, undan Boshqirdiston, ta- tariston va Qozog’istonning 1910-30 y.lardagi adabiy hayotiga oid xotira- lar o’rin olgan. S Q. G’afur G’ulom kabi o’zbek shoirlari b-n yaqin ijodiy aloqada bo’lgan. Ayrim she’rlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.