Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti – xiz- mat ko’rsatish sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti va uni tashkil etish bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. O’zR Vazirlar Mahkamasining 2004 y. 26 martdagi «Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to’g’risida»gi qarori b-n Samarqand kooperativ instituti negi- zida tashkil etilgan (mazkur in-t 1931 y.da Toshkent sh.da tashkil etilgan; 1935 y.da Samarqand sh.ga ko’chirilgan). In- tda menejment va marketing masalala- ri bo’yicha ixtisoslashgan iqtisodiyot; xalqaro turizm, turizm menejmenti, turizm bo’yicha operatorlik xizmatlari biznesi; xizmat ko’rsatish sohasi tar- moklari iqtisodiyoti va uni tashkil etish; moliya; bank va sug’urta xizmatla- ri sohasini tashkil etish va boshqarish bo’yicha yuqori malakali bakalavrlar va magistrlar tayyorlaydi, sohaga oid ilmchy tadqiqot ishlarini olib boradi, ilmiy va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vazifalarini bajaradi. Int yo’nalishi bo’yicha dissertasiya- larda asosiy soha mutaxassislariga doir dissertasiyalar himoya qilish bo’yicha IX- tisoslashtirilgan ilmiy kengash bor.