San-Paulu
San-Paulu — Braziliyaning Jan. Sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 248,8 ming km2. Aholisi 36,6 mln. Kishi (2000), 9U% dan ortig’i shaharliklar. Ma’muriy markazi — SanPaulu sh. Braziliya yassitog’ligining Jan.Sharqiy qismida joylashgan. Iklimi tropik, o’rtacha oylik tralar ichki xududlar- da 14-16° dan 22°gacha, sohil qismida 18-26°. Yillik yog’in 1200-2500 mm. Sernam tropik o’rmonlar bor. S.P. — mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Mamlakat sanoat mahsulotining 1/2 qismi shu shtatda ishlab chiqariladi. Sanoatining etakchi tarmoqlari: avtomobilsozlik, elektrotexnika, qog’oztsellyuloza, po’lat prokati. Oziqovqat, to’qimachilik, kimyo, farmasevtika sanoatlari ham rivoj- langan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Foydali qazilmalardan slyuda, kaolin, ohaktosh qazib olinadi. Q.x.da kofe, paxta, shakarqamish, tsitrus mevalar, sholi, donli ekinlar ekiladi. Go’shtsut chorvachiligi, parrandachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi.