SALOMATLIK INSTITUTI
SALOMATLIK INSTITUTI – O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli muassa- sa. 2001 y. 1 aprelda Toshkentda tash- kil etilgan. S.i.ning asosiy maqsadi aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi- ni shakllantirish, barqarorlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash, jis- Moniy tarbiya hamda ommaviy sport harakatlarini profilaktik tibbiyot b-n uyg’unlashtirish, salomatlik uchun xav- fli bo’lgan omillarni aniqlash, aholi salomatligini tahlil qilish va shu asos- da sog’liqni saklash rivojlantirishning bosh yo’nalishini aniqlab berishdan iborat. In-tda 6 bo’lim (tashkiliyuslu- biy, tahririyatnashriyot, sog’lom turmush tarzi targ’iboti va uni o’qitish, omma- viyaxborot, aholi salomatligi holati monitoringi va uni bashorat qilish, axborottahlil; xalqaro va nodavlat tash- kilotlar b-n aloqalar va ularning ishla- rini muvofikdashtirish), 14 filial (12 viloyat, Toshkent sh. va Qoraqalpog’iston Respublikasi), 161 ta tuman, 15 ta shahar va 1 ta Navoiy konmetallurgiya k-ti sa- lomatlik markazlari mavjud. In-tda 2 fan D-ri, prof. (O.M. Mir- tazaev, o.B.Qutlumuratov), 465 vrach, 474 o’rta tibbiy va b. soha mutaxassislari faoliyat ko’rsatadi. In-tda ilmiy ish- lar to’plami, monografiya va b. uslubiy qo’llanmalar chop etiladi.