STSINKLAR

STSINKLAR (Scincidae), stsinksi- monlar — kaltakesaklar oilasi. Gavdasi bir necha sm dan 65 sm gacha; uzun, silliq yoki qirrali tangachalar bilan qoplangan. Oyoklari qisman yoki to’liq reduktsiyaga uchragan; tuproqda in qazib yashaydigan S.ning ko’zi bo’lmaydi. 1200 ga yaqin turi ma’lum; keng tarqalgan, er yuzasida, yarim daraxtda va tuproqda in qazib yashaydi- gan turlari bor. Hasharotlar va ayrim yirik turlari mayda umurtqalilar bi- lan oziqlanadi. O’zbekistonda 5 turi (oltinrang mabuya, uzunoyoq stsink, Oloy, cho’l va Osiyo ilonquyruklari) tarqalgan.