Sfaks
Sfaks — Tunisning Sharqiy sohilidagi shahar. Sfaks viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 248,8 ming kishi (1998). Shosse yo’llar tuguni. T.y. stantsiyasi. O’rta dengiz bo’yidagi port, chetga fosforit va qishloq xo’jaligi. mahsulotlari chiqariladi. Oziqovqat, to’qimachilik, kimyo (superfosfat ishlab chiqarish.), metallsozlik, ko’npoyabzal sanoatlari korxonalari bor. Kustar usulda gilam to’qiladi va saxtiyon teri ishlab chiqariladi. Q.x. Rayo- ni (zaytun plantasiyalari) markazi. Hunarmandchilik rivojlangan. S. Rim- liklar shahri o’rnida 9-a.da bunyodga kel- gan. Rim va Vizantiya davrida qurilgan me’moriy yodgorliklardan shahar devoir (9-a.), saroylar, katta masjid (9-a.) sak- dangan. Xalq san’ati muzeyi bor.