Suxon (Sushon) Eugen

Suxon (Sushon) Eugen (1908.25.9, Bratislava yonidagi Pezinok) — slo- vak kompozitori, pedagog, musiqa ja- moat arbobi. Milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Chexoslovakiya xalqartisti (1959). Bratislava va Pra- ga konservatoriyalarida ta’lim olgan (1927-33). Slovak kompozitorlar uyush- masi raisi (1972-81). Ijodida xalq musiqa an’analari bilan zamonaviy kompozisiya (dodekafoniya, modallik kabi) uslublari uyg’unlashgan. 2 opera («Girdob», 1949 — birinchi milliy ope- rasi; «Svyatopluk», 1960), «Karpatzamin Psalmi» kantatasi (1938), simfonik va kamercholg’u asarlari (jumladan, for- tepiano uchun «Slovakiya manzaralari», 1957), xorlar («tog’lar haqida», 1942), teatr spektakllari va kinofilmlarga musiqalar yozgan. Garmoniya va polifo- niya bo’yicha nazariy asarlar muallifi. Chexoslovakiya davlat mukofoti laureate (1951, 1954, 1960, 1973).