Suyak uni

Suyak uni — so’yilgan mollar Su- yagidan yog’sizlantirilib, bug’da elimsiz- lantirilib tayyorlanadigan va qishloq xo’jaligi. hayvonlariga, parrandalarga beriladigan mineral ozuqa. Su. mine- ral moddalarga, ayniqsa, kaltsiy (1 kg da 245 g) va fosfor (118 g) ga boy. Aso- san, omixta emlarga, silosga, kontsentrat ozuqalarga qo’shib, maydalangan ildiz- mevalarga aralashtirib beriladi. Su. ni, shuningdek, baliqlarga, bo’tqa holiga keltirib mo’ynali hayvonlarga ham be- rish tavsiya etiladi. Bir kechakunduzda sog’in sigirlarga 60-200, novvoslarga (1 yoshgacha) 1540, qo’ylarga 35, uy parran- dalariga (tovuq, o’rdak, g’oz, kurka) 3-10 g dan beriladi. Su. aralash emga ozuqa massasining 1% mikdorida qo’shiladi.