Surxon 142
Surxon 142 — serhosil pomidor navi. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinla- ri va kartoshkachilik in-tining Surxon- Daryo tayanch punktida navlararo chatishti- rish usuli bilan yaratilgan (M. X. Aro- mov, V. F. Pivovarov, L. Jo’raeva, N. P. Cheremushkina; 1991). Poyasi baquvvat, kam shoxlangan, bal. 100-155 sm, serbarg, barg tuzilishi kartoshka bargiga o’xshash. Mevasi yirik (120-130 g), yumaloq, yassiyumaloq, tekis, qizil. Tarkibida 5,8% quruq modda bor. Ko’chati urug’dan unib chiqqanidan hosil pishishiga qadar vegetasiya davri 110— 115 kun. Asosan, parniklarda etishtirilgan va pikirov- ka qilib o’stirilgan ko’chatlari dalaga 10-25 apr.da ekiladi (o’rtagi va kechki muddatlarda 1iyulgacha ekish mumkin). Gullaganidan keyin hosili 50-55 kun- da pishadi. Hosildorligi 450-500 ts/ ga. 1994 y.da Surxondaryo, Buxoro va tosh – kent viloyatlari uchun r-nlashtirilgan.