Suvsarlar

Suvsarlar (Mustelidae) — yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuv- chilar oilasi. Gavdasi cho’ziq, egiluvchan, oyoklari kalta va 5 barmoqli, tirnoqlari ichiga tortilmaydi. Ayrim turlarida barmoqlari orasiga parda tortilgan; dengiz qunduzi (kalan)ning orqa oyoqlari eshkakka aylangan. S. — tovonda va yarim tovonda harakatlanuvchi hayvonlar. Yungi qalin va yumshoq. Ko’pchilik S. yil- da 2 marta tullaydi. Anal bezlari o’tkir hidli suyuqlik ishlab chiqaradi. S. si- stematikasi aniq ishlab chiqilmagan. Odatda, 64 tur, 24 uru/ga ajratiladi. O’zbekistonda 9 turi (Qunduz, asalxo’r, bo’rsiq, tog’suvsari, olaqo’zan, qora latcha, oq latcha, sassiqqo’zan, Amerika norkasi) uchraydi. Har xil biotoplar (suv, quruklik)da yashaydi; in kovlay- Di yoki boshqa hayvonlar qazigan in- lardan foydalanadi. Amerika norka- si iqlimlashtirilgan, asosan, maxsus mo’ynachilik fermalarida boqiladi. Ko’pchilik S. etxo’r hayvonlar; zarar- kunanda kemiruvchilarni qirib foyda keltiradi. S qimmatli mo’ynasi uchun ovlanadi, bir qancha turlari mo’ynachilik fermalarida boqiladi. Ko’pchilik tur- lari soni keskin kamayib ketganligi sababli O’zbekiston Kizil kitobiga ki- ritilgan.