Sultonshoh Xorazmshoh

Sultonshoh Xorazmshoh, Sultonshoh Mahmud, Jaloliddin Mahmud Sultonshoh (? — 1193.19.9) — Anushteginiylar sulolasi- dan bo’lgan Xorazmshohlar davlati shahzodasi(1172-93). Elarslon va tur- kon xotunning kenja o’g’li. S.ning akasi Takash Jand viloyatida voliy bo’lib tur- gani uchun otasi o’limi oldidan S.ni va- liaxd etib tayinlagan. Ammo, davlat va harbiy ishlarga uning onasi Turkon xo- tun bosh bo’lgan. Takash S.ga bo’ysunishdan bosh tortgan, u qoraxitoylar yordamida Gurganjga qo’shin tortgan. S. onasi bi- lan Nishopurga qochib borib Muayyid addavla OyAbo quzuridan panoh topgan. 1172 y. 11 dek.da Takash rasman Xorazm taxtiga o’tirgan, birok, S. bilan Takash o’rtasidagi kurash yana 20 y. davom et- gan. S. Xurosondagi bir qancha viloyat, shaharlarni egallab, Marv sh.ni o’ziga qarorgoh qilgan. U Takashga qarshi kurashda goh qoraxitoylardan, goh g’uriylardan ko’mak olib turgan. Ad.: Buniyodov 3., Anushtegin Xorazmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998.