Salimov Davron Ismoilovich
Salimov Davron Ismoilovich (1941.17.3, Toshkent) — operator, rej. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’- at arbobi (1981). VGIK (Butunittifoq Davlat kinematografiya inti)ni tugatgan (1965). 1961 y.dan hujjatli filmlar kinostudiyasida operator (1986-93 y.lar direktor). «Toshkentda shunday qiz yashaydi», «13 qaldirg’och», «Ustoz, senga ta’zim qilamiz» kabi qisqa metrajli, «Yo’lda va ona yurtda», «Toshkent, zil- zila», «san’atga baxshida umr», «Oltin Bengaliya» kabi to’lametrajli publisi- stik hujjatli filmlarni, «olmos», «Komandirning qaytishi», «umidimiz qushlari» kabi badiiy filmlarning operatori. «Bobo» («kumush ajdar» so- vrinini olgan, Krakov), «otaonalar uyi» kabi qisqa metrajli, «suv kel- Di», «Qizilqumni dashtbiyobon demagil» kabi to’la metrajli poetik, publisi- stik hujjatli filmlarning muallif — rej., operatori. «Mehnat shuhrati» ordeni b-n mukofotlangan (2001).