Seysmogen zonalar
Seysmogen zonalar – kuchli zilzilalar bo’lib turadigan xududlar. Er po’stidagi kuchlanishlar ta’sirida o’zgarayotgan faol geologik struktura uzilishlaridan tashkil topadi. Bu zo- nalarda tektonik harakatlarning mu- ayyan davrida yuqori magnitudali er qimirlashlar sodir bo’ladi. S.z. avval hosil bo’lgan zilzila o’choqlari, episen- trlari, pleystoseym maydonlari va ular b-n bog’liq bo’lgan seysmouzilmalar, seysmodeformasiya qoldiqlari, kela- jakda kuchli tebranish manbai shaklla- nish ehtimoli bor hududlarni o’z ichiga oladi. S.z. er osti chuqur qatlamlarida bo’layotgan geodinamik jarayonlarni va bu qatlamlarni tashkil etgan jin- slarnig tuzilishini, ularga ta’sir etadigan tektonik xususiyatlarni, shu- ningdek, qaysi joylarda zilzila xavfi yuqori bo’lishi mumkinligini, kuchli va kuchsiz er qimirlashlar kelib chiqish qonuniyatlarini o’rganish natijasi- da aniqlanadi. Katta kuchga ega bo’lgan zilzila o’chog’i muayyan geologik muhit b-n bog’langan seysmogen uzilishlarda shakllanadi va tektonik harakatlarning faollashuvi paytida tebranish man- balariga aylanadi. Kuchsiz zilzilalar hamma erda tog’jinslarining darz ke- tishidan paydo bo’ladi. Kuchli zilzila har gal yangi joyda, ya’ni S.z.dagi ma’- lum bo’lgan er qimirlash o’choklarining davomida yoki ular orasidagi seysmo- gen uzilmalarda sodir bo’ladi. Zilzila kuchi uzilmalarning kattakichikligiga, ularda bo’ladigan tektonik harakatlar amplitudasi, tezligiga bog’liq. S.z.da geodinamik jarayonning tez rivojlani- shi natijasida er qimirlash manbaidagi yig’ilgan tektonik kuchlanishlar seysmik to’lqinlar energiyasiga aylanadi. Shu sa- babli, S.z.ni kuchli zilzilalar generato- ri deyish mumkin. O’zbekiston hududida kuchli zilzila o’choklarining shakllani- shi ehtimoli bo’lgan S.z. kontsepsiyasi ilk bor yaratildi. Seysmotektonik sharoitlarga qarab seysmik xavf bo’lgan har bir hududda bitta yoki bir nechta S.z. bo’ladi. Ular hoz. zamon tektonik harakatlarning faol seysmogen uzilmalarining o’lchami, zil- zilalarning parametrlari (magnituda- si, chuqurligi, intensivligi va b.) ga bo’linadi. O’zbekistonda ishlab chiqilgan S.z. kontsepsiyasiga kura, ular 3 toifadan iborat. Birinchi toifali S.z.da magnitu- dasi 7,5, intensivligi 9 ball, ikkinchi- sida — magnitudasi 6,5, intensivligi 8 ball va uchinchisida — magnitudasi 5,5, intensivligi 7 ballgacha zilzilalar so- dir bo’ladi. Izlanishlar natijasida birinchi marta S.z.ning yangi tipdagi xaritasi tuzildi (561betdagi sxematik xaritaga q.). O’zbekistonning sharqi va unga yondosh hududlar uchun tuzilgan bu xarita 1976 y. e’lon qilingandan keyin 1977 y.da 8 balli Isfarabotken, 7 balli Haydarkon, 7 balli Tovoqsoy, 1980 y.da 7 balli Konibodom, 8 balli Nazarbek, 1982 y.da 8 balli Chimyon, 1984 y.da 8 bal- li Pop va 1985 y.da 8 balli Qayroqqum, 1988 y.da 7 balli Shomodsi, 1990 y.da O’zgan, 1992 y.da 8 balli Izboskan zil- zilalari sodir bo’ddi. Ularning joyi, kuchi va magnitudasi bashoratga to’la mos keldi. S.z. kontsepsiyasi asosida vet- nam, Laos, Yaman mamlakatlari va Turki- yaning Egey sistemasi grabenlari uchun seysmik rayonlashtirish xaritalari tuzilgan, shuningdek, AQShning zilzi- lalarni halokatli okibatlarini kamay- tirish dasturida ham o’z aksini topdi. Ad.: Ibragimov R.N., Seysmogennie zoni Vostochnogo O’zbekistana i Seys- michnie rayonirovanie, M., 1976.