Sultonova Rushana Ramilovna

Sultonova Rushana Ramilovna (1965.27.11, Buxoro viloyati Gazli sh.)— raqqosa, baletmeyster. O’zbekiston xalq artisti (1998). 1979-84 y.lar xoreo- grafiya bilim yurtida o’qigan. Toshkent davlat madaniyat in-tini tugatgan (1991). 1984-94 y.lar Navoiy teatrida, 1994— 98 y.larda «Bahor» ansamblida, 1998— 99 y.lar «etti go’zal» ansamblida, 2000 y.dan «O’zbekraqs»da etakchi raqqosa. Shuningdek, 2002 y. o’zi tashkil etgan (Sh. Vohidov bilan birgalikda) «Ey sa- nam» ansamblida faoliyat ko’rsatmoqda. S. raqslari tabiiy talqini, musiqaviyligi, ohangga mos xirom eti- shi, yuqori raqs madaniyati bilan ajra- lib turadi. S. barcha viloyatlar bo’yicha folklor raqslarni ijro etgan. «Doira chorlaydi», «Buxorocha», «qizbola», «xo- razm raqsining tug’ilishi» (klipi bi- lan), «firoq», «Bahor ayyomi», «Noznoz», «Bonubonu», «Sarvinoz», «Orazibon lazgisi», «Tanavor 2», «Gulsanam», «uch- rashuv», shuningdek, tojikcha, afg’oncha, lo’lilar raqsi va b. ko’pgina xalqlarning raqslarini ijrochisi sifatida tanil- gan. S. haqida «Rushana Sultonova raqsga tushadi» filmlari (1986, telefilm, rej. Sh.Xo’jaev; 2000, rej. Davron Sali- mov) ishlangan.