Sultonali Qoiniy

Sultonali Qoiniy (15-a. 2-yarmi 1517) — xattot, shoir; nasta’liq xati ustasi. Xattotlikni Azhar Tabri- ziydan o’rgangan. Ijodini Tabrizda boshlagan, keyin Xirotga kelib Jomiy xizmatida bo’lgan. Navoiyning shax- siy kutubxonasida ijod qilgan. Navo- iy «Majolis unnafois» tazkirasida «tab’i va salohiyati ko’ptur», deb ta’- riflaydi, Xondamir «Xulosat ulaxbor» asarida «nasta’liqni bag’oyat toza va yaxshi uslubda yozadi», deb ta’kidlaydi. S.Q. o’z ijodida ustozining xat uslubi- ni rivojlantirgani bilan Sultonali Mashhadiyga yaqin turadi, ayniqsa, may- da nasta’likda yaxshi yozgan;. Jomiyning «Devon»i (Texrondagi saltanat kutub- xonasida), Xamadoniyning «Tamhidot» (1479, Rossiya milliy kutubxonasida), Navoiyning «g’aroyib ussig’ar» (istan- bul, un-t kutubxonasida 7 ta raem bor) asarlari va b. qo’lyozmalarni ko’chirgan. S.Q. ko’plab qit’alar bitgan, aksariyati Turkiya majmualarida, jumladan, 13 na- munasi Bahrom Mirzoning muraqqa’si (Istanbul, O’fqof, xazina kutubxonasi- da sakdanadi.