Sulaymonova Xadicha
Sulaymonova Xadicha (1913.3.6, Andijon sh. — 1965.26.11, Toshkent) — huquqshunos olim. O’zbekistonda xiz- mat ko’rsatgan fan arbobi (1954), yuri- Dik fanlari D-ri (1951), prof. (1952), O’zbekiston FA akad. (1956). O’zbekiston SSR MIK huzuridagi Sovet qurilishi va huquqi in-tini tugatgan (1935). Mo- skva yuridik in-ti aspiranti (193941), Toshkent yuridik in-ti jinoyat huquqi kafedrasi assistenti, dosenti, so’ng mu- diri (1941-54), in-t rektori (1954— 55). O’rta Osiyo un-tining yuridik FTI dekani (1955-56). O’zSSR Adliya vaziri (1956-59), O’zSSR Ministrlar Sove- ta chuzuridagi Adliya komissiyasi raisi (1959-64). 1964 y. dan O’zSSR Oliy sudi raisi. Ilmiy ishlari jinoyat huquqi, xususan, O’zbekistonda huquqshunoslik fanining vujudga kelishi va rivojla- nishi, xotinqizlar huquqi masalalariga bag’ishlangan. O’zbekiston FA falsafa va hukuq in-tini (1958), respublika Ad- liya vazirligi huzuridagi sud eksper- tizasi i.t. institutini (1959) tashkil etish tashabbuskorlaridan. Toshkent sh. dagi ko’chalardan biriga, sud eksperti- zasi i.t. instituta (hoz. Respublika sud ekspertiza markazi)ga S. nomi berilgan, Toshkent yuridik in-tida S. muzeyi bor. As: Sobranie sochineniy, t. 1-3, T., 1967— 71. Ad.:Hakimov M . X., Akademik Xadi- cha, T., 1974.