Sultonov Muhammad Alievich

Sultonov Muhammad Alievich (1915.2.2 — Toshkent — 1980.12.7) gel- mintolog olim, O’zbekiston FA muxbir a’zosi (1968), biol. fanlari D-ri (1963). O’rta Osiyo un-tini tugatgan (1937). O’zbekiston FA Zoologiya va parazitolo- giya in-tida kichik ilmiy xodim (1941— 43), katta ilmiy xodim (1943-56), gel- mintologiya lab. mudiri (1956-78), il- miy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, direktor (1962— 66). Ilmiy ishla- ri O’zbekistonning uy va ov xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan parrandalari gelmintlari, ot oshqozon bo’kasi hamda boshqa yovvoyi hayvonlar parazitofauna- sini o’rganish, ularga qarshi kurash chora- larini ishlab chiqishga bag’ishlangan. As: Gelminti domashnix i oxotniche- promislovix ptis Uzbekistana. T., 1967, Gelminti domashnix melkopitayushix Uzbekistana (v soavtorstve), T., 1975.