STROBOSKOPIK EFFEKT

STROBOSKOPIK EFFEKT – uzlukli kuzatish jarayonida tez harakatlanayotgan jismning qo’zg’almas tarzda ko’rinishi yoki jism harakatining alohida fazalari tez almashinib tur- ganda jismning harakat qilayotgandek bo’lib tuyulishi. Agar biror jism yoki surat uzluksiz kuzatilmasdan muayyan vaqt oralig’ida kuzatilsa, ularning tas- viri xuddi uzluksiz kuzatilayotgandek tasavvur qoldiradi. Bunga ko’rish iner- tsiyasi hodisasi sabab bo’ladi. Buni umu- miy bir o’kda aylanuvchi ikki diskdan iborat asbob (stroboskop)da kuzatish mumkin. Ko’z oldida oddiy stroboskop zatvori v chastota bilan t vaqt davomida ochibyopilsa, tez harakatlanayotgan jism juda kichkina joyga siljiydi, shuning uchun u ko’rinadi. Ko’rinayotgan obrazning saqlanish vaqti x ichida zatvor vt marta ochiladi, shuning uchun harakatlanuvchi jismning bir necha «oniy» holatlari bir vaqtda ko’rinadi. Hozirgi strobo- skoplarda uzluksiz ko’rish impulsli lampalar vositasida amalga oshiriladi. Odatda, harakatning ketma-ket fazala- rini tasvirlovchi kadrlar sekundiga 24 marta almashinsa, ko’rish inersiyasi va ruhiy omillar tufayli harakatning uz- luksizligi samarasiga erishiladi. S.e., mas, kinematografiyaning asosini tash- kil qiladi.