Sarob

Sarob — atmosferadagi optic hodisa; bunda uzokdagi narsa (yoki OS- monning bir qismi) b-n birgalikda uning mavhum tasviri ham boshqa joy- da ko’zga ko’rinadi. Agar narsa ufkdan pastda bo’lsa, uning mavhum tasviri- gina ko’rinadi. S. narsa tagida, narsa ustida (rasmga k,.), uning yon tomoni- da ko’rinishi mumkin. S. atmosfera- ning pastki katlamlarida havo zich- ligi (shuningdek, t-rasi)ni notekis taqsimlanishi ta’sirida, ya’ni uning odatdan tashkari katta vertikal yoki go- rizontal gradientlari sababli yuzaga keladi. Natijada narsadan keladigan yorug’lik nurlari qiyshayadi, atmosfera- dagi yorug’likning sindirish ko’rsatkichi anomal taqsimlanadi. Ustki S, ko’p hollarda yuqori kengliklarda, zichlik- ning balandlik bo’ylab tez pasayishi, ya’ni sovuq er yuzasida traning inversi- yasi paytida (yuqoriga ko’tarilgan sari traning ortishi) ro’y beradi. Pastki S. isib turgan tekis er (cho’l, yo’l) ustida traning juda katta vertikal gradient (ya’ni balandga ko’tarilgan sari traning tez pasayishi) natijasida paydo bo’ladi. Osmonning tasviri er yuzasida suvga o’xshab ko’rinadi. Yon tomondagi S. juda qizib ketgan qoyatoshlar yoki devorlar yonida ko’rinadi.